Nar qushlarning rangi nima uchun makiyonlarinikidan yorqinroq bo‘ladi?

Buni tushunish uchun, avvalo, qushlarga rangning nega kerakligini bilib olishimiz lozim? Buning sabablari har xil talqin qilindi, fan esa hali uzil-kesil xulosasini chiqargan emas. Ayrim qushlarning pati g‘ayrioddiy, turli tusdaligi, boshqa birlarining bir xil rangdaligi muammoligicha qolmoqda. Ba’zilari ochiq rangli, davomi…

Tullash nima?

Hayvonlarning teri yoki patlarini yangisi bilan almashtirishini biz tullash deymiz. Yovvoyi hayvonlar, reptiliyalar, qushlar hatto ayrim hasharotlar tullaydi. Qushlar o‘z hayotlari mobaynida turli patlarning butun bir to‘plamini o‘stiradi. Voyaga yetishi bilan patlar yosh ko‘rinishiga xos rangga ega bo‘ladi va quvvatdan davomi…

Qushlar nima uchun sayraydi?

Qushlarning tovush chiqarish a’zolari biznikidan sal ajralib turadi. Odamning tovushlog‘ich paychalari nafas chiqaradigan bo‘g‘zi ustidagi hiqildoqda joylashgan. Qushlarning oddiy membranalari nafas olish naychasining quyi qismida joylashgan bo‘lib, quyi bo‘g‘iz deb ataladi. Bu membrana pirpirab turadi. Aynan quyi bo‘g‘izning shakli, membranalarni davomi…

Dunyoda qaysi jonivorlar eng o‘tkir ko‘zli?

Dunyodagi eng sergak jonivorlar qushlardir! Burgutlar, qirg‘iylar, lochinlar, kalxatlar va boshqa yirtqich qushlar odamdan sakkiz baravar yaxshi ko‘radi. Bundan tashqari ular nafaqat uzoqni, balki mayda narsalarni ham ko‘ra oladi. Qushlarning ko‘z soqqasi boshiga nisbatan katta. U teri doirasi pardasiga yashiringan davomi…

Qushlar nima?

Qushlar tangachasimon reptiliyalardan rivojlangan. Million yillar oldin tangachalar patga aylangan, old oyoqlari esa qanotga aylangan. Qushlarning tuzilishi ham ajoyib. Ularning skeleti uchishiga mos tarzda kavak suyaklardan tarkib topgan. Qanotlarining harakatlanishiga kuchli ko‘krak mushaklari yordam beradi. Ayrim qushlarning katta va keng davomi…


Maqolalar mundarijasi