Suv nima?

Olimlar boshqa sayyoralardan hayot izlaganda, avvalo, u yerda suv bormi, degan savolga javob izlashadi. Biz suvsiz hayot bo‘lmasligini yaxshi bilamiz. Suv hidsiz, ta’msiz, rangsiz suyuqlikdir. U barcha mavjudotlar tarkibida, tuproqda va havoda bo‘ladi. Tirik organizmlar faqat suvda erigan ozuqani iste’mol davomi…

Morena nima?

Daryo singari muzlik ham asta-sekin tog‘lardan oqib tusha boshlaydi. U o‘z harakati davomida ko‘plab toshlarni joyidan qo‘zg‘atib, pastga dumalatadi. U bilan birga dumalayotgan toshlar yo silliqlanadi, yo boshqalariga urinib sinadi va ulardan morena (muzliklar bilan birga ko‘chadigan tog‘ jinslari uyumi) davomi…

Fiord nima?

Fiord (qirg‘oqlari qoyali, tor va chuqur dengiz ko‘rfazi)lar qit’alar qalin muz va qor qatlami bilan qoplangan muz davrida paydo bo‘lgan. Bu muzlar, o‘z navbatida, sekin harakatlanayotgan muz daryolaridan iborat muzliklar yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan. Bir necha o‘n metrdan iborat muzliklar davomi…

Kamalak nima?

Kamalak tabiatning eng go‘zal hodisalaridan biridir, odamlar uning qanday hosil bo‘lishi haqida qadim zamonlardan beri bosh qotirib kelishadi. Hatto, qadimgi yunon faylasufi Aristotel — Arastu ham kamalakning sodir bo‘lishi sababini tushuntirib berishga uringan edi. Quyosh nuri yoki oddiy oq nur davomi…

Momaqaldiroq nima?

Bahorgi jalalar, odatda, momaqaldiroq bilan birga keladi. Momaqaldiroq so‘zining o‘zi meteorologik hodisalarning butun bir kompleksini anglatadi. Ulardan hammamiz biladiganlarimiz chaqmoq va guldirakdir. Chaqmoq qo‘shni bulutlar o‘rtasida yoki bulut bilan yer o‘rtasida chaqadigan ulkan elektr uchqunidir. Elektrsizlanish (razryad) vaqtida tor kanaldagi davomi…

Bulutlarning qanday turlari bor?

Yomg‘ir yog‘ayotgan paytda osmon simobday og‘ir bulutlar bilan qoplangan bo‘ladi. Osmonda to‘p-to‘p bulutlar suzib yurganda, yomg‘ir yog‘masligi ham mumkin. Bulutlar, issiq havo balandlikka ko‘tarilib, suv bug‘lari ma’lum darajada soviganidan so‘ng hosil bo‘ladi. Hech qachon bir-biriga o‘xshash ikkita bulut bo‘lmaydi. Ular davomi…

Tuman nima?

Tuman, shudring va bulut bir-biriga bevosita aloqadordir. Tuman, shudring yoki bulut sharoitlardan birining o‘zgarishi, masalan, havo oqimlarining bor yoki yo‘qligi natijasida sodir bo‘ladi. Buning sababi nima ekani va ayrim joylarda nega tuman paydo bo‘lishini ko‘rib chiqaylik. Tuman juda mayda, 0,001 davomi…


Maqolalar mundarijasi