Nosir Fozilov. Adabiyot yasalmaydi, yaratiladi (2013)
Mening tavallud topgan yillarim mamlakatimiz tarixining eng alg‘ov-dalg‘ovli kezlariga to‘g‘ri keldi. Ya’ni, 1929 yili kamina yorug‘ dunyoga kelgan davrda qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirish tadbiri avj olgan ekan. Undan buyog‘i ocharchilik (1930-33), mamlakatni yot unsurlardan tozalash bahonasida qama-qama (1937-38), Ikkinchi jahon urushi davomi…