Naim Karimov. Gumon va imon

Sho‘ro davlati nafaqat XX asrning 30-50-yillarida, balki tashkil topgan ilk kezlardanoq milliy respublikalarda, jumladan, O‘zbekistonda mustamlakachilik siyosatini olib borib, “aksilinqilobchi”, “millatchi”, “bosmachi”, “zararkunanda” degan ayblar bilan o‘n minglab vatandoshlarimizni qirib tashladi. Zulmga qarshi bosh ko‘targan vatanparvar, erkparvar o‘g‘lonlar “xalq dushmani”ga davomi…

Davronbek Tojialiyev. Milliy ma’lumot makoni manzaralari (2022)

Maqsadu maslak Men o‘zbek internet makonida ilk imorat qurganlardanman desam, o‘quvchilar maqtanchoqlikka yo‘ymasinlar. 2000-yillarning avvalida ko‘pchilik internet taraqqiyotini bu kunlardek tasavvur qilmas edi. Tarmoq narxi juda qimmatligi bois O‘zbekistonda internetdan foydalanish kam sonli kishilargagina nasib qilgan zavqli mashg‘ulot edi. Butunjahon davomi…

Ahmadjon Meliboyev. “Dadangmasman, Ne’mat akangman…”

Yoqimli nutq insonning qiyosi yo‘q ma’naviy boyligi, javohirlar to‘la sandig‘i. Yaxshi so‘z, yaxshi xabar ko‘ngilga quvonch baxsh etadi, yurakka moydek yoqadi, shifobaxsh malhamdek ta’sir qiladi. Xalqimizda tilga doimo e’tiborli bo‘lish, har so‘z, har iborani yetti o‘ylab gapirish, qisqa so‘zlash, muomala davomi…

Fatxulla Ergashev. Ozod Sharafiddinov kutubxonasi

Qadim madaniyatlar yurti bo‘lgan O‘zbekiston diyori dunyoga ko‘plab o‘z sohasining bilimdon allomalarini yetkazib bergan. Ma’lumki, ajdodlarimiz bag‘rikeng, adolatli, tafakkuri kuchli insonlarni ummonga o‘xshatganlar. Cheksiz ummonga qarasangiz, uning ulug‘vorligi-yu zalvori sizga ham ko‘chib, Yaratgandan o‘zga hech qanday kuch uni to‘xtata olmasligiga davomi…

Qulman Ochilov. «Intizorlik bilan kutamiz!»

Chegalangan choynak Shunday joylar va odamlar bo‘ladiki, ko‘rganingda, eslaganingda beixtiyor quvonib, yayrab ketasan. Totli orziqish bilan qo‘msaysan. Toshkentning Beshyog‘och maydonidan Bobur ko‘chasi bo‘ylab Nizomiy nomidagi pedagogika universiteti tomon yurganimda meni ana shunday ajib bir hayajon chulg‘ab olganini sezaman. Dorilfunun ro‘parasidagi davomi…

Ulug‘bek Hamdam. Istiqlol davri o‘zbek adabiyoti haqida ikki og‘iz so‘z

Istiqlol davri o‘zbek adabiyoti mavjud va u o‘ziga xos ko‘ngil adabiyotidir. Uni yo‘q sanaydiganlar yoki bir joyda depsinyapti, deydiganlar  (bunday qarashga haqlari bor, albatta!) yo bu davr adabiyoti bilan yaxshi tanish emas yoki adabiyotning “yashash” qonuniyatlarini keragicha bilishmaydi. Bugungi adabiyotdan davomi…

Ahmadjon Meliboyev. Tarix ummonidan qatralar

Professor Sharif Yusupov o‘tgan asrning yetmishinchi yillari boshlarida  ToshDUning (hozirgi O‘zMU) jurnalistika fakultetida talabalarga so‘nggi xonliklar davridan saboq bergan. Domlaning yaqin o‘tmishimizga doir maroqli suhbatlari qiziqarli bo‘libgina qolmay, o‘sha payt uchun bir muncha kutilmagan xulosalari, ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan faktlari bilan davomi…

Ahmadjon Meliboyev. Sirli kelishuv bo‘lganmidi?

Dunyo tushunarli va tushunarsiz narsalardan iborat desak, xato bo‘lmas. Bir qarasang, ajablanadigan narsaning o‘zi yo‘q: kimning kimligi, nimaning nimaligi kunday ayon. Ammo kutilmaganda shunday holatlar  yuzaga keladiki, odam zoti o‘zini, yon-atrofidagilarni, har kuni ertadan kechgacha birga bo‘ladiganlarni ham tushuna olmay davomi…


Maqolalar mundarijasi