Abdulla Oripov. Navoiyni anglash (2007)

Buyuk bobomiz ijodi, darhaqiqat, ulkan bir ummondir yoxud dunyoning eng rang-barang va benazir xazinasidir. Kimki nimaniki axtarsa, ushbu xazinadan albatta topg‘usidir. Jumladan, barcha navoiyshunoslar necha zamonlardan buyon bu ulug‘ merosni o‘rganib, tadqiq etib, undan shoyon bahramand bo‘lib kelmoqdalar. Aytish kerakki, davomi…

Yo‘ldosh Solijonov. Detallar tilga kirganda (2007)

Siz O‘zbekiston xalq yozuvchisi Shukur Xolmirzayevning “Saylanma”sini o‘qidingizmi? E, o‘qing, birodar, o‘qing! Bu uch jildlik “Saylanma” nafaqat sermahsul adibimiz Shukur Xolmirzayevning, balki o‘zbek adabiyotining qimmatbaho boyligi bo‘lib qoldi. Ochig‘i, bu hikoyalarini yaxlit majmua shaklida ko‘rish Shukur Xolmirzayevning ham yagona orzusi davomi…

Mansurxon Toirov. Insonning so‘nggi so‘zi – u hali aytilgani yo‘q

To‘xta, ey daqiqa, go‘zalsan g‘oyat! Gyote Abdulla Kodiriy «O‘tgan kunlar»ni yigirma to‘rt yoshida yozganiga hammaning ham ishongisi kelavermaydi. Ko‘pgina fizik olimlarning Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan buyuk kashfiyotlari ham shu yoshlar atrofida yaratilgan. Albert Eynshteyn, Lui de Broil, Dirak, Geyzenberg, Shredinger davomi…

Nosir Fozilov. Ta’zim (2007)

Men bu odamni oddiygina Hamid G‘ulom paytida tanib, keyinchalik Hamid Ubaydullayevich bo‘lgan kezlarida birga ishlashish baxtiga muyassar bo‘lganlardanman. Bunday deyotganimning sabablari bor…Elliginchi yillarning boshlarida bo‘lsa kerak, qo‘limga bir jurnal tushib qoldi. Bundoq varaqlab qarasam, shu Hamid akamizning “Olmos qizi” nomli davomi…

«Bozor adabiyoti» yoxud badiiy so‘z mas’uliyati (2007)

Erkinlik sharoitida turfa xil nashrlarning paydo bo‘lishi kabi, badiiy ijoddagi izlanishlarning xilma-xilligi ham tabiiy holdir. Ayni paytda, milliy nasrimiz an’analarini davom ettirib, jahon adabiyoti tajribalaridan ilhomlanib yozilgan asarlar peshma-pesh chop qilinib turibdi. Shu qatori, keyingi paytda “bozor adabiyoti”, deb atalayotgan davomi…


Maqolalar mundarijasi