Tohir Qahhor. Cho‘lpon sozi Qozonda yangradi

2014 yilning avgust oyida atoqli shoirimiz Cho‘lponning tatarchaga tarjima qilingan kitobi Qozonda nashrdan chiqdi[1]. Tatarchaga o‘girilgan bu to‘plamga shoirning “Yana oldim sozimni” kitobidan tanlab olingan 84 she’rining tarjimasi kiritilgan. Demak, yuksak badiiyat bilan yo‘g‘rilgan Cho‘lponning milliy sozi, vatanparvar va xalqparvar davomi…

Farrux Atayev. Dunyo va turkiy til

Pisand qilmas olimlar bizni aytg‘on turkini, Ma’nisig‘a yetg‘onlar boshdan olar bo‘rkini. Ahmad Yassaviy Odam bu olamda ongli mavjudot bo‘lib yaralibdiki, u hamisha o‘zining yaralish tarixini, borliqning mohiyatini anglashga intiladi. Tabiiyki, bunda odamning ikki asosiy quroli bo‘lmish aql va til unga davomi…

Marhabo Qo‘chqorova. «O‘zim o‘z qalbimning bo‘lsam Kolumbi»

Hozirgi o‘zbek she’riyatining zabardast vakillaridan biri – Omon Matjon. Uning ilk she’riy to‘plami “Ochiq derazalar” (1970) nomi bilan nashr etilgan. Shundan buyon qirq yillik ijodiy tajriba va mehnat faoliyatiga ega bo‘lgan shoirning “Karvon qo‘ng‘irog‘i” (1973), “Quyosh soati” (1974), “Dramatik dostonlar” davomi…

Ozod Sharafiddinov. Abdurauf Fitrat (1990)

Abdurauf Fitrat o‘zbek va tojik xalqlarining madaniy rivojida salmoqli o‘rin tutuvchi yorqin siymolardan biridir. Uning taqdiri ham g‘oyat fojeali bo‘lgan — u ayni boy hayotiy tajriba orttirib, qalami qayralib, ilhomi to‘lishib turgan bir choqda Stalin istibdodining qurboni bo‘ldi. Oqlangandan keyin davomi…

Alisher Nazar. Ma’naviy tahdid sharpasi

Qarashlar, fikrlar, mulohazalar Nazarimda odamiyatning ongli hayoti boshlangan kundan yer yuzida kurashlar davri boshlandi. Yaratgan zot ulug‘ Kitobida darj etganidek, ular bir-birlarini tanishlari va do‘st tutishlari uchun xalqlar va qabilalarga ajratib qo‘ygandan boshlab esa bu kurashlarning ko‘lami kengaya boshladi. Asrlar davomi…

Umrzoq O‘ljaboyev. Olmos iste’dod jilosi

Ustoz Ozod Sharafiddinov tabiatan kulgiga, har xil hazillarga moyil inson edilar. O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘.Hoshimovning «Shumliklar» turkumiga kirgan hikoyalarini o‘qigan kishi bu gaplarning qanchalik to‘g‘ri ekanligiga amin bo‘ladi. Domla qatnashgan davrada hamisha o‘zgacha bir ruh, alohida ko‘tarinkilik, samimiy kayfiyat hukmron davomi…

Husaynxon Yahyo. Navoiyni qachon tushunamiz?

Hazrat Alisher Navoiy ijodi bilan o‘quvchilik yillarimizda tanishgan edim. Biroq Navoiyni tushunish, uning betakror iste’dodi qirralarini anglash juda qiyin edi. Qolaversa, Navoiy asarlari talqini hukmron mafkura mezonlaridan chiqib ketishi mumkin emas edi. Shuning uchun ham sobiq ittifoq davrida nafaqat Navoiy davomi…


Maqolalar mundarijasi