Yo‘ldosh Solijonov. Sizif va absurd

Ochig‘i, men G‘arb adabiyoti nazariyasi, xususan, so‘nggi yillarda iste’molga kirib kelgan va juda ko‘p qo‘llanilayotgan modernizm, postmodernizm, absurd, ekzistentsializm, syurrealizm kabi atamalar mohiyatini yaxshi bilmayman. Ularni anglashga, qancha ko‘p bilishga intilganim sayin bu borada bilimlarim kamligini ko‘proq anglayapman. Ehtimol, bu davomi…

Marhabo Qo‘chqorova. Maktublar – qalb ko‘zgusi

Dunyoga mashhur nemis yozuvchisi I.V.Gyotening “Yosh Verterning iztiroblari” asari bejiz boshdan-oyoq maktub janri asosiga qurilmagan. Xuddi shuningdek, avstriyalik adib Stefan Sveygning “Bir ayol maktubi” qissasi va Frants Kafkaning “Otamga xat” essesi ma’lum badiiy maqsad, badiiy shakl imkoniyatlariga ko‘ra aynan maktub davomi…

Ahmadjon Meliboyev. Ulug‘bekning astronomiya maktabi

O‘tgan yili Parij shahridagi nufuzli “Armatan” nashriyotida Yevro-Osiyoni o‘rganish jamiyati tashabbusi bilan “Asrlarni yoritgan yulduzlar” nomli kitob chop etildi. Mazkur kitobdan frantsiyalik temurshunos olim, temuriylar davrini o‘rganish Frantsiya uyushmasi raisi, O‘zbekiston Respublikasi «Shuhrat» medali sohibi Lyusen Kerenning «Ulug‘bek va Samarqand davomi…

Komil Avaz. Muhammadrizo Ogahiy

SALOHIYaT SAODATI Xalqimizning ma’naviy merosiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli shoir, tarixnavis olim, mohir tarjimon, davlat va siyosat arbobi Muhammadrizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludiga 200 yil to‘ladi. U 1809 yilning 17 dekabrida Xiva shahri yaqinidagi Qiyot qishlog‘ida, mirob oilasida dunyoga kelgan. davomi…

Sherali Turdiyev. Tarixga yangicha nazar

Qatag‘on davri tanqidchiligi istiqlol davri talqinida Bugun Mustaqillik kunlarimizda xalqimizning o‘tmish va sovet davri tarixi kabi uning mumtoz adabiyoti va tanqidiy tafakkuri ham milliy istiqlol nuqtai nazaridan qayta o‘rganilmoqda, yangidan idrok etilmoqda. Sovet davrida bunga yo‘l qo‘yilmagan edi. Chunki Prezidentimiz davomi…

Akmal Saidov. Gyote – tafakkur shoiri

IJOD VA HUQUQ Tarixdan ma’lumki, ko‘p asrlar mobaynida huquq ilmi ham she’riyat libosida bo‘lgan. Huquq kuch-qudratining manbai ham qalb to‘ridan otilib chiqadigan ehtirosli va sehrli so‘zda edi. Aflotun ta’rifi bilan aytilsa: huquq – ilohiyot tuhfasi bo‘lgan sanolar shaklida dunyoga kelgan. davomi…

Muhammadjon Imomnazarov. Xamsachilikda toj va mehr ziddiyati (1990)

Feodalizm rivojida yuksalish davri hisoblangan IX—XV asrlarda G‘arbda Ispaniyadan, Sharqda Shimoliy Hindiston va Hoshg‘argacha o‘zaro ma’lum ichki mushtaraklikka ega madaniy-g‘oyaviy olam tashkil topdi. Arabiy, forsiy, turkiy tillarda yaratilgan Sharq klassik adabiyoti ana shu ma’naviy olamning uzviy qismi sifatida maydonga keldi. davomi…

Naim Karimov. Do‘stlik daraxtining yashil barglari

Inson hayotini bezaydigan, unga ma’no va mazmun bag‘ishlaydigan, uning yaxshi kunida quvonchiga quvonch, shodligiga shodlik qo‘shib, yomon kunida esa suyanch tog‘i bo‘ladigan mo‘jiza bu – do‘stlikdir. Har bir inson shu mo‘jiza tufayli hayotning asl lazzatini, nash’u-namosini, qadr-qimmatini chuqur his etib davomi…

Edvort Olvort. Birinchi o‘zbek dramasi

XX asr boshlarida hayotdagi tub o‘zgarishlarga monand holda o‘zbek adabiyoti va san’atiga yangi janrlar muvaffaqiyatli ravishda kirib kela boshladi. Hayot va jamiyatda mavjud bo‘lgan muammolar haqida chuqur o‘ylaydigan, fikr yuritadigan yozuvchilar oldida mislsiz keng imkoniyatlar ochildi. Tashqi adabiy ta’sirlar mumtoz davomi…


Maqolalar mundarijasi