Erkin Vohidov. Dil tubiga cho‘kkan lahzalar

SOF O‘ZBEKChA SO‘Z Biz universitetning birinchi bosqichida tahsil olayotganimizda Ozod Sharafiddinov aspiranturani endigina tugatib, dars bera boshlagan yosh domla edi. Qardosh xalqlar adabiyotidan bir turkum ma’ruza o‘qigan Ozod aka Nizomiy Ganjaviyning “Xusrav va Shirin” dostonidagi lavhani shunday bayon qilgan edi: davomi…

Bahodir Karim, Uzoq Jo‘raqulov. Ma’rifat ziyosi

Badiiy ijodda iste’dod qadrlanadi. Iste’dod egasi yozgan she’rlar, dostonlar, hikoya va romanlar, albatta, o‘z uslubi bilan alohida ajralib turadi. Xuddi shuningdek, adabiyotshunoslikda ham iste’dodlar o‘z so‘zi va ilm yo‘liga, o‘z uslubi va nazariy qarashlariga, o‘z pozitsiyasi va maktabiga, maslakdoshlariga, ustoz davomi…

Zuhriddin Isomiddinov. “Kaminaning nomlari…”

“Maftuningman” kinofilmidagi bir quvnoq qo‘shiq shu so‘zlar bilan boshlanadi. Unda Alijon ismli sartarosh do‘konida raqs tushib qo‘shiq aytadi. Bu ustaga farqi yo‘q: “Qir!” desa, bas, keksami-yoshmi, darrov barchaning sochini qirib-qirtishlab qo‘yishga shay. Sochni tap-taqir qilib olib tashlash hammaning qo‘lidan keladi. davomi…

Inoyatulla Suvonqulov, Mohigul Boboyeva. So‘fiy Ollohyor merosi

Mutafakkir shoir va nasrnavis So‘fiy Ollohyorning tasavvuf ruhida yozilgan to‘rtta kitobi mavjud. Ular: “Maslak ul-muttaqin” (Taqvodorlar maslagi), “Sabot ul-ojizin” (Ojizlar saboti), “Maxzan ul-muti’in” (Mutelar xazinasi), “Murod ul-orifin” (Oriflar-donolar murodi). Bu asarlarning qo‘lyozmalari Sharqshunoslik instituti kutubxonasi va ayrim kishilar qo‘lida saqlanib davomi…

Abduqayum Yo‘ldoshev. Adabiy innovatsiya ehtiyoji

Insoniyat tamaddunining ibtidosidayoq vujudga kelgan adabiyot zamonlar o‘tishi bilan o‘z mohiyatini yo‘qotmagan, bil’aks, tobora qadri ortayotgan, bani basharning mislsiz ma’naviy xazinasini yanada ­boyitayotgan buyuk mo‘jiza bo‘lib qolmoqda. Va bu jarayon abadul-abad davom etajak. Zero, o‘z vaqtida ilmiy-texnika inqilobining ayrim ommabop davomi…

Abdumurod Yallaboyev. Kundalik qanday yoziladi?

Cababdan cabab, deganlaridek, ushbu maqolaning yozilishiga bir voqea turtki bo‘ldi. Kamina nafaqada, bo‘sh paytlarimda kitob mutolaa qilishni xush ko‘raman. Kitob o‘qib charchagan paytlarda ko‘zlarimni dam oldirish uchun ko‘cha va maydonlarni aylanaman. Shunday kunlarning birida cobiq o‘quvchim, hozir A. Qodiriy nomidagi davomi…


Maqolalar mundarijasi