Abdulaxat Qahhorov. Ma’rifat osmonidagi yulduz

O‘rta asrlardagi buyuk Sharq mutafakkiri, o‘z ijodi bilan ijtimoiy falsafa, tilshunoslik, mantiq, adabiyotshunoslik, she’riyat, ijtimoiy lingvistika, tabiatshunoslik rivojiga ulkan hissa qo‘shgan, boy merosi jahon fani taraqqiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan Mahmud Qoshg‘ariyning tavallud topganiga ming yil to‘ldi.

Ulug‘bek Dolimov. Abadiy ziyo maskani

Madrasalar qadimdan oliy o‘quv yurti maqomida bo‘lgan. Ularning paydo bo‘lishi o‘qitishda yangi usullarning vujudga kelishi bilan uzviy bog‘liqdir. VIII-IX asrlarda talabalar, asosan, masjidlarda o‘qitilar, ularda musulmon dini aqidalari, islomiy ilmlar (naqliy ilmlar) bilan bir qatorda, aniq fanlar (aqliy ilmlar) o‘qitilar davomi…

Rahmon Qo‘chqor. Yana “Galatepa…”ga qaytib

Taniqli adib Murod Muhammad Do‘st ijodi o‘tgan asrning 70-yillari avvalida hikoyalar yozish bilan boshlangandi. Dastlabki hikoyalar to‘plami 1976 yili “Qaydasan, quvonch sadosi” nomi ostida chop etildi. Shundan so‘ng uning “Mustafo”, “Iste’fo”, “Dashtu dalalarda”, “Bir toychoqning xuni” kabi qissalari dunyoga keldi. davomi…

Mansurxon Toirov. Majnun maktublari

yoxud sevganmisiz, loaqal ko‘rganmisiz oshiqlarning ko‘zini? Donishmandlardan biri «Oshiq uchun sevgilisi uyidan ko‘tarilgan chang misli Ka’badir» degan ekan. Darhaqiqat, sevgiling istiqomat qiladigan ko‘chadagi har bir narsa, daraxtlar ham g‘oyat yoqimli ko‘rinadi. Kishi muhabbat dardiga mubtalo bo‘lsa, ma’shuasida biror kamchilik ko‘rmaydi davomi…

Husan Ermuhammad. Nobelga kim munosib? (nufuzli mukofot tarixiga bir nazar)

Nobel mukofotining jahon ilm-fani, adabiyoti taraqqiyotida o‘ziga xos hissasi borligini hech kim inkor etmasa kerak. Chunki ushbu yuksak mukofot, shak-shubhasiz, dunyodagi juda ko‘p ulug‘vor ishlarga katta rag‘bat berib, inson aql-zakovatining noyob namunalarini dunyo jamoatchiligi uchun tavsiya etib, iste’dod egalarining kuchiga davomi…

Sherali Turdiyev. Ma’rifat va istiqlol fidoyisi

Ashurali Zohiriy XX asrning boshlari va 20-yillarda Turkistondagi madaniy va ma’rifiy hayotning taniqli namoyandalaridan biri edi. Lekin u 30-yillar oxirida qatag‘onga uchrab, hayoti va faoliyati, merosi uzoq yillar o‘rganilmay kelindi. 50-yillar oxirlarida rasman oqlangandan keyingina Ashurali Zohiriy biografiyasiga doir ma’lumotlar davomi…

Zuhriddin Isomiddinov. Bir qatraning favvorasi

To‘rt-besh yil burun braziliyalik adib Paulo Koeloning “Alximik” asarini Ozod Sharafiddinov tarjimasida qiziqib o‘qib chiqqandik. Aslida, bu roman geografik jihatdan bizdan eng yiroq bir mamlakat yozuvchisining asari. To‘g‘ri, roman voqealari Braziliyada emas, dastlab Ispaniyada, so‘ng bosh qahramonning Marokashga o‘tib, undan davomi…


Maqolalar mundarijasi