Sanobar To‘laganova. Hayot falsafasining o‘ziga xos talqini

Ijod insonning tiriklik mazmun-mohiyatini ang­lash yo‘lidagi urinishlari hosilasidir. Insonning hayotdagi o‘rni, maqomi, maqsadi, munosabati kabi masalalar qadimdan dunyo ziyolilarini qiziqtirib kelgan. Ijod insonning o‘z «men»ini ifoda qilish yo‘lida olib borgan aqliy faoliyat turidir. Ijod nafs bilan bog‘liq falsafiy-estetik kategoriya sanalib, davomi…

Umarali Normatov. «O‘tkan kunlar» saboqlari

romanning ijodiy tarixi, ijtimoiy pafosiga oid mulohazalar Jahon adabiyotidagi shoh asarlarning dunyoga kelish tarixi shundan dalolat beradiki, ularning har biri, avvalo, davr, ijtimoiy vaziyat taqozosi, qolaversa, mualliflar tarjimai holi, oilaviy va ijodiy muhiti, hayotiy tajribalari, bilim darajasi, tafakkur tarzi, miqyosi, ma’naviy davomi…

Bahodir Karimov. Maxtumqulining otasi

Dunyo tamadduniga ulkan ma’naviy-ma’rifiy ulush qo‘shgan muazzam shaxsiyatlar shunchaki, o‘z-o‘zidan dunyoga kelmaydi. Ildizlari, an’analari, geni, iste’dodi, o‘zlarining mehnat-mashaqqatlari ortidan orttirgan bilim va tajribalari ularni yer yuzida bashariyatning bamisoli zulmatni yorituvchi porloq yulduzlariga aylantiradi. Yaratguvchining qismat qalami bunday insonlar manglayini chin davomi…

Bahodir Qobul. Oy yog‘dusidagi qorli cho‘qqi

Do‘stim, o‘z fikriga ega, gapniyam achchiq-chuchugini joy-joyiga qo‘yadigan yozuv­chi ukalarimizdan birining, «Aka, siz Ilhom Hasanov bilan ko‘p bo‘lgansiz, hayotlari haqida jur­nalga bir narsa yozib bersangiz, yaxshi bo‘lardi, ustoz maqomida bo‘lgan…» degan taklifidan yer yo­rilmadi kirib ketsang. Ayniqsa, oxirgi jumlasi. Masho­yixlarimiz davomi…

Huseyin Baydemir. “O‘zbek eli o‘r keladi, o‘zi o‘jar zo‘r keladi”

Tog‘ay Murod asarlarida xalq og‘zaki ijodi namunalaridan eng ko‘p foydalangan yozuvchilardan biridir. Uning asarlarini o‘qigan chet ellik, o‘zbek etnografiyasi va xalq og‘zaki ijodi haqida hech qanday ma’lumoti bo‘lmasa ham, bu madaniyat haqida anchagina bilimga ega bo‘ladi. Tog‘ay Murod kabi yozuvchilar davomi…

Sayyora Xolmirzayeva. Ukajonim, Jahongir…

Yashash – bu ertangi kunga umid bilan qarashmi? Qo‘yilgan maqsadu orzular sari intilishmi? Umr yo‘llarimizni, o‘tgan yillarimizni, quvonchli va baxtli damlarimizni yodga olib, shukronalik qilishmi? Har bir o‘tayotgan kunimizdan ma’noyu yupanch izlashmi? Ushalmagan orzularimiz, kimgadir aytilmay qolgan, mehrli so‘zlarimizning armonimi? davomi…


Maqolalar mundarijasi