Bahodir Karim. Bir «go‘zal yozg‘ich»

Habibulla Qodiriy «Otam haqida» kitobida Abdulla Qodiriyning «Jinlar bazmi» asari to‘g‘risida: «…bu hikoya dadamning aytishlaricha, 1916 yilda yozilgan. ­Lekin birinchi bor 1921 yilda «Sharq chechagi» jurnalida bosiladi», deb ma’lumot beradi. Bu bolalar jurnali maorif komissarligiga qarashli bo‘lib, birinchi soni o‘sha davomi…

Begali Qosimov. To‘lagan Xo‘jamyorov — Tavallo (1883-1937)

Shoir Tavalloning ismi sharifi To‘lagan Xo‘jamyorov bo‘lib, XX asr boshida Toshkentda yetishgan, xalq o‘rtasida katta shuhrat qozongan iste’dodlardan. Mashhur Oybek «Bolalik»da shunday yozgan edi: «Ayvonda muk tushib, Tavalloning she’rlarini o‘qishga kirishaman. O‘qiyman, diqqat bilan berilib uzoq o‘qiyman… She’rlar rangdor, jonli, davomi…

Erkin Mirkomilov. Bobur va Husayn Xorazmiy

Zahiriddin Muhammad Bobur 1526 yili Hindistonni egallagach, ko‘plab ilm ahllari uning huzuriga kela boshlagan. Ayniqsa, Ismoil Safaviy Xurosonni bosib olgach, Xuroson, xususan, Hirotdagi olim va shoirlar Bobur saroyidan panoh topadilar. Boburning o‘zi ham olim, shoir va tabiblardan ba’zilarini xat yoki davomi…

Bahodir Karim. Ozod so‘z sharafi

Abdulhamid Cho‘lponning: «Kishan kiyma, bo‘yin egma, ­Ki sen ham hur tug‘ilg‘onsen» singari otashin misralaridagi hurlikka da’vat va beqiyos poetik joziba salkam bir asrdan buyon badiiy so‘z muhiblarini o‘ziga maftun etib keladi. Shunga monand cho‘lponshunoslik ham shoir ijodi bilan ­basma-bas darajada davomi…

Ahmadjon Quronbekov. Alloma

Zamonamizning teran bilimli va zukko tilshunos olimi, Alisher Navoiy asarlari tilining iste’dodli tadqiqotchisi akademik Alibek Rustamov barakali umr ko‘rdi, umrining eng so‘nggi damlarini ham zoye ketkazmadi. Inson bu dunyoga omonat, bir kun kelib boqiy dunyoga safar qiladi, faqat yaxshi amallari davomi…

Abdujabbor Yahyoyev. Me’moriy merosga shoirona nazar

Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zbek mumtoz ­adabiyotining ulkan namoyandalaridan biri bo‘lish barobarida me’morlik va bog‘ tuzish, obodonchilik sir-sinoatlarini ham chuqur bilgan. Hindistondagi hozirda olamga mashhur, jahon me’moriy ­merosida muhim o‘rin tutgan, musulmon me’morchiligiga xos bo‘lgan muhtasham obidalari yaratilishiga asos solgan. O‘zining davomi…

Abduqahhor Ibrohimov. Jahon sari yo‘l

Er yuzidagi barcha xalqlarning tillari, ularda millionlab odam gaplashadimi yoki atigi bir-ikki ming kishi so‘zlashadimi, bundan qat’i nazar, o‘zlari uchun aziz va keraklidir. Tilni kam sonli elat gaplashar ekan deb kamsitib yoki boshqa bir tilni ko‘p sonli millatning tili ekan, davomi…

Sobir Mirvaliyev. Serfayz bog‘ sohibi

Umr — oqar daryo, deydilar. Qarang, atoqli adib O‘lmas Umarbekovning yilning eng yaxshi hikoyasi, deya e’tirof etilgan «Xatingni kutaman» nomli ilk asarini gazetada o‘qiganimga ham, mana, oltmish yil bo‘libdi. Voajab, vaqt bunchalar tez o‘tmasa. Birinchi hikoyasidan keyin yozuvchining «Boboyong‘oq» nomli davomi…

Dilnavoz Yusupova. Ilm sharafi

Vaqt shiddat bilan o‘tib borar ekan, inson umrning qadriga yetishni o‘rganadi va o‘zidan atrofdagilarga manfaat yetadigan xayrli ishlar qoldirishni istaydi. Ana shunday ezgu niyat egalarigina tanlagan sohalarida yuksak natijalarga erishadilar, o‘zlarida sabr, qat’iyat, poklik kabi xislatlarni tarbiyalay oladilar. Ulg‘ayib kelayotgan davomi…


Maqolalar mundarijasi