Marhabo Qo‘chqorova. Kinoyaviy badiiy parodiya

O‘lik jonlar” (N.V.Gogol) va “Eski arava” (Shoyim Bo‘tayev) asarlari misolida   “Yo parvardigoro, naqadar motamsaro bizning  Rusiya!” A.S.Pushkin O‘zbek adabiyotshunosligida kinoyaviy-parodiya asarlar shu paytgacha o‘rganilmagan. Vaholanki, hozirgi o‘zbek prozasi va she’riyatida parodiya asarlarning namunalarini istalgancha topish mumkin. Avvalo, “Parodiya nima?” – davomi…

Shabot Xo‘jayev. Abdulla Qahhorni eslab

1964 yil, iyun. Saratonning issiq kunlaridan biri, men har safargidek ma’ruza zalida malaka oshirishga kelgan shifokorlar bilan mashg‘ulot o‘tkazayotgan edim. Kutilmagan mehmon ma’ruza zali yoniga kelib, kimlardandir: “Shabot Xo‘jayevichni qayerdan topsam bo‘ladi?”, – deb so‘rayotganini eshitdim. Men bu mo‘tabar allomani davomi…

Sa’dulla Yo‘ldoshev. Iqbol abadiyati

Sharqning mashhur faylasuf-shoiri Muhammad Iqbol faqat Hindiston yarim orolidagina emas, balki butun xorijiy sharqning adabiy, siyosiy va g‘oyaviy hayotiga katta ta’sir ko‘rsatgan faylasuf shaxsdir. Mashhur hind adibi Mulk Raj Anand faylasuf-shoir Muhammad Iqbolning sharq adabiyotida, qolaversa jahon adabiyotida tutgan o‘rniga davomi…

Asror Mo‘min. Oq cho‘qqilar doim uyg‘oqdir

Bolqor xalqining taniqli shoiri Qaysin Quliyev xalqimizning katta do‘sti, yurtimiz va adabiyotimizning shaydosi edi. U yurtimizda o‘tkaziladigan xalqaro madaniy tadbirlarda muntazam ravishda qatnashardi. Chunki xalqimizning boy madaniy merosini chuqur qadrlardi. — Samarqandda, xalq dahosi yaratgan me’morchilik durdonalarini tomosha qilar ekanman, davomi…

Bahodir Karim. Bir taqriz talqini

Abdulla Qahhor o‘zbek adabiyoti tarixida talabchanligi, adabiy hodisalarga jiddiy munosabatda bo‘lganligi bilan mashhur. U o‘z davrida barcha yoshu keksa adiblar ijodiga doimo yuksak talab va mas’uliyat bilan qaragani ma’lum. Adib o‘zini shunga haqli sanagani aniq. Zeroki, ustoz o‘z ijodiga ham davomi…

Kamola Bobojonova. Gyote va Sharq

Gyote va jahon adabiyoti. Jahon san’ati nuqtai nazaridan turib yozuvchi ijodini o‘rganish hozirgi zamon adabiyotshunosligining eng samarali yo‘nalishlaridan biridir. Yozuvchining jahon adabiyotiga kirishi uchun birinchi mezon, eng avvalo, o‘zi mansub milliy madaniyatdagi o‘rni, ijodining olamshumul ahamiyati, mahorat darajasi, umumbashariy muammolarni davomi…

Marhabo Qo‘chqorova. Nurilla Chori hikoyalarida neomifologizm unsurlari

Yaqinda yozuvchi Nurilla Chorining  G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot tomonidan chop etilgan “Tashvishi yo‘q odamlar” nomli hikoyalar to‘plamni o‘qib chiqdim. Mutolaa davomida miflar, umuman, xalq ijodi, bugungi yosh nosirlar uchun ham muhim badiiy shartli vosita sifatida xizmat qilib, neomifologizmning yangi qirralari davomi…


Maqolalar mundarijasi