Shafiqa Yorqin. Izdoshlikmi yoki fikrdoshlik

Amir ul-kalom Nizomiddin Alisher Navoiy qasidalari ko‘p emas. Fors tilidagi “Tuhfat ul-afkor” qasidasi falsafiy fikrlari, badiiy san’atlari bilan yuqori cho‘qqiga ko‘tarilgan. Ko‘pincha, qasida, deganda madhiya va marsiyalar nazarda tutiladi, chunki g‘aznaviylar va saljuqiylar davrida Unsuriy, Farruxiy, Asjadiy, Zohir Faryo­biy kabi davomi…

Olloyor Begaliyev. A’zam O‘ktam: Bir yo‘l ko‘rinur…

…Kamina xodimingizni ham she’r va shoirlar, umuman she’rxonlik masalalari ko‘pdan bnyon o‘ylantirib keladi. Bu o‘y, mulohazalarni yuzaga chiqarish, ko‘pchilik bilan baham ko‘rish istagi muhtaram shoirimiz A’zam O‘ktamning “Taraddud” deb nomlangan kitobini o‘qiganimdan keyin qat’iylashdi… Uni o‘qidim, ko‘pdan beri o‘ylab, izlab davomi…

Abdurahmon Pirimqulov. Attorga ta’zim

Shayx Fariduddin Attor bashariyat adabiy-ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy tafakkuri rivojida bemisl rol o‘ynagan allomalardan biri hisoblanadi. Attor tavalludi bo‘yicha bir to‘xtamga kelinmagani bois olimlarimiz tadqiqotlarida turfa ma’lumotlarga duch kelamiz. U kishi 1145 yillar chamasida Nishopur biqinidagi Kadkana qishlog‘ida tug‘ilgan. Asli oti Muhammad davomi…

Qosimjon Sodiqov. “Xuastuanivt”ning qadimgi turkiy versiyasi

Markaziy Osiyo xalqlarining ilk o‘rta asrlardagi tsivilizatsiyasi turli diniy-falsafiy qarashlar kesishgan nuqtada yuz berdi. Ulug‘ bobolarimizning islomga qadar sig‘ingan, falsafiy-ma’naviy qarashlari tarixida sezilarli iz qoldirgan dinlaridan biri moniylikdir. Moniylik III yuzyillikda Bobilda yaratildi. So‘ng bir yog‘i Andalus, boshqa bir yo‘nalishda davomi…

Mixail Epshteyn. Yuksak poeziya va alp odam

TARAQQIYoT VA POEZIYa Insoniyat taraqqiyotining xos vektorlari mavjudmi? Ushbu savolga turli va ishonarli javoblar ko‘p: nufus o‘sishi, iqtisodiy taraqqiyot, mehnat unumdorligi oshishi va ijtimoiy farovonlik yuksalishi, erkin bozorning yoyilishi, intellektual va texnologik kuchning ortishi, axborotni jadal ishlab chiqarish, noosferaning kengayishi, davomi…

Dilnavoz Salimova. She’riy tarjima sirlari

Ma’lumki, o‘zbek poeziyasining rus tiliga tarjimalari XX asrning 20-yillaridan boshlangan. Ushbu davrda tarjima amaliyoti oldidagi dolzarb masala, bizningcha, Yevropa va rus adabiyotidan tarjima adabiy aloqalarini yo‘lga qo‘yish orqali xalqaro madaniy munosabatlarning mustahkam poydevorini o‘rnatish va yangi hukumatning tashqi va ichki davomi…

Xurshid Do‘stmuhammad. Hamdardim — adabiyot

O‘tgan asrning elliginchi yillari. Oilada to‘qqiz farzandmiz – besh qiz, to‘rt o‘g‘il. Kamina – kenjatoy. Otamizning nafaqasi 51 rubl. Nafaqaga qarab qolmaganmiz, albatta. Otamiz kosibchilik qiladilar. Onamiz ham tinib-tinchimaydilar: do‘ppi tepchiydilar, popop tikadilar, nimalarnidir bozorga olib borib sotadilar. To‘ng‘ich opa-akalarga davomi…

Jo‘liboy Eltazarov, Sobirjon Tohirov. Qutlug‘ va ulug‘ dargoh

Bu ko‘hna zaminda shunday maskanlar borki, uzoq asrlar davomida insoniyatning madaniy qatlami, ilmu irfon ahlini ohanrabo singari o‘ziga tortib keladi. “Sayqali ro‘yi zamin”, “firdavsmonand”, “baldai mahfuza” deya e’zozlangan Samarqand ana shunday ilm va madaniyatning qadimiy o‘choqlaridan biridir. Mirzo Ulug‘bek madrasasi davomi…


Maqolalar mundarijasi