Ozarboyjonlik ijodkorlardan qisqa hikoyalar

Rafiq Ahmad 499 TA BELGIDAN IBORAT HIKOYa Narh-navolar ko‘tarilib, ishlayvergandan qo‘llar tizzadan pastga tushgan qimmatbaho kuz kunlarining birida u shunday e’lon o‘qib qoldi: “500 ta belgidan iborat qisqa hikoya yoz. Tanlovda qatnash va g‘olib bo‘l. Har harfi uchun 60 gepik”. davomi…

Dmitriy Mamin-Sibiryak. Doktor Osokinning sog‘ayishi (hikoya)

“URAL HIKOYaLARI”DAN DOKTOR OSOKINNING SOG‘AYIShI I Doktor Osokin stakanidagi choyni qoshiqcha bilan uzoq aralashtirib o‘tirdi, so‘ng birmuncha qo‘pol ohangda dedi: – Matryona, men hozir senga nima demoqchiligimni bilasanmi? O‘lay agar, sen trixinaga shunday o‘xshaysanki… – Trixinagami?– dedi dil og‘rib Matryona davomi…

Aleksandr Vampilov. To‘ng‘ich o‘g‘il (ikki pardali komediya)

Ishtirok etuvchilar: Busigin Silva Sarafanov Vasenka Kudimov Nina Makarskaya Ikkita qiz Qo‘shni BIRINChI PARDA Birinchi ko‘rinish Oqshom. Chog‘roq hovli. Darvoza. G‘ishtin uyning pod’ezdlaridan biri. Derazasi hovliga qaragan, kiraverishda soyaboni bor yog‘och uy. Qator teraklar tagiga o‘rindiq qo‘yilgan. Ko‘chadan kulgi va davomi…

Arkadiy Averchenko. G‘aroyib ayirboshlash (hikoya)

Qo‘rqinchli va qorong‘u noyabr kechalaridan biri edi. Atrofda etni junjiktiradigan bir ayoz hukmron, ustiga ustak yomg‘ir ham chelaklab quyardi. Paltonimning yoqasini ko‘targancha, dildirab, zulmat mahv etgan ko‘chadan loylarga botib, sirpana-sirpana ketib borardim. Yo‘llar o‘ta notekis, aksiga olganday bugun fonar qurg‘urni davomi…

Lev Tolstoy. Birinchi bo‘zagar (dramatik komediya)

BIRINChI BO‘ZAGAR yoxud Iblischa nima qilib non burdasiga erishgani haqida Dramatik komediya Yer haydayotgan chamasi 40-45 yoshli dehqon yomg‘ir ilinjida bot-bot osmonga ko‘z tashlab qo‘yardi. U peshin bo‘lib qolganini xayolidan o‘tkazdi-da, otini abzaldan bo‘shataturib uni erkaladi: – Chu-chu, jonivor, chiqaqol, davomi…

Aziz Nesin. Siz biroz kuting… (hikoya)

Bog‘ ichkarirog‘ida joylashgan, qanshariga “19” raqami ilingan ikki qavatli, yog‘och uyning pastki qavatidagi ijarachi xonadonidagi narsalarning ko‘pini sotib yubordi. Mahalladagilar ularning birortasini begona qilishmadi. Qulog‘ini ding qilib o‘tirganlar bu xabarni eshitishi bilan o‘sha uyga qarab yugurishdi. Uydagi televizor shkafi, bir davomi…

Arkadiy Averchenko. “Ijara uy izlanmoqda…” (hikoya)

Qish kelib, qahraton hukmini o‘tkaza boshlagach ijara uy izlovchilar soni har doimgidan ham ko‘paydi. Ko‘chalarda bir-birini ko‘rib qolgan odamlar salomlashish, hol-ahvol so‘rash o‘rniga shunday deyishardi: “Ijara uy topib bering…”, “Ijaraga uy kerak. Bitta xona bo‘lsayam mayli…” Ijaraga hatto xona ham davomi…

Anatoliy Aleksin. “Kattalar” oqshomi (hikoya)

Menimcha, har bir kishini ertalabki yig‘inlar o‘rniga turli kechalarga taklif qila boshlashgan paytdan boshlab “katta” deb hisoblasa bo‘ladi. Bir kuni dadam meni kasalxonadagi bayram kechasiga taklif qildi, ya’ni o‘z ishxonasiga… Men rozi bo‘ldim – o‘sha onda o‘zimni qandaydir kuchliroq va davomi…