Abay. Yurak amri bilan (“Qora so‘z” asaridan)

Tirik odam uchun eng muhimi — yurak. “Botirlik” va “qo‘rqoqlik” xislatlari “yurak”dan tug‘iladi. Xalq botirni “yurakli”, qo‘rqoqni esa, “yuraksiz” deydi.Rahmdillik, birovning qayg‘usiga hamdardlik kabi olijanob insoniy fazilatlar yurak tuyg‘usidir. Shoshqaloqlik ham yurakning ishi. Agarda, til yurakning aytganiga ko‘nsa, yolg‘on so‘zlamaydi. davomi…

Ivo Andrich. Chalg‘i (hikoya)

Yakshanba kuni shaharni shovqin-suron butkul zabtiga oladi: sigirlar mu’ragan, qo‘y-qo‘zilar ma’ragan, g‘ala-g‘ovur, baqiriq-chaqiriq, ur-sur. Lekin savdo rastalari uzra to‘xtovsiz sado berib turadigan temirlar darang-durungi ularning hammasini bosib ketadi: dehqonlar sotib olayotgan chalg‘ilarini do‘konlarning tosh ostonalariga urib-surib sinab ko‘radi. Jarang-jiring! Darang-durung… davomi…

Mark Tven. O‘xshatish (hikoya)

Bir necha yillar avval Nyu-Yorkdagi Salamanka shaharchasiga keldim. Bu yerda men poyezdni almashtirishim va uxlab ketiladigan vagonga chiqishim kerak edi. Platforma odamlar bilan gavjum, ularning bari allaqachon liq to‘lib bo‘lgan uzun vagonga chiqib olishga urinishardi. Men chipta sotiladigan kassada o‘tirgan davomi…

Evgen Gutsalo. Boqon (hikoya)

O‘tgan shanba Zakrinicheda birvarakayiga bir necha to‘y bo‘lib o‘tdi: kutubxonachi qiz fizkultura muallimiga turmushga chiqdi, mo‘ylovi sabza ura boshlagan, kechagina maktabni bitirgan ikki yigitcha uylandi, nihoyat, yigirma olti bahorni qarshilagan traktorchi Makar Chervonoshapka ham nikoh to‘yi o‘tkazdi. Ilgari, armiyaga borguniga davomi…