Ernest Seton-Tompson. Bingo (hikoya)

I Bu voqea 1882 yilning noyabr oyi boshlarida, Manitobaga qish kirib qolganda bo‘ldi. Men kursiga yoyilib, kulbamizning yakkayu yagona derazasidan ko‘rinayotgan dashtni, og‘ilxonamizni tomosha qilib o‘tirardim. Shunda, bir nimaga ko‘zim tushib, xayolim birdan bo‘lindi, ulkan bir jonivor dasht bo‘ylab qochib, davomi…

Sulton Rayev. Malikaning ko‘z yoshi (drama)

Dramaning badiiyatini oshirish uchun xalq qo‘shiqlari, Barpi, Jenijukning asarlaridan, Kaliguladan hamda S.Jusuyevning “Qurbonjon dodxoh” she’riy romanidan foydalanildi – mualllif. QATNAShUVChILAR: Qurbonjon dodxoh Ko‘lanka Birinchi kampir Ikkinchi kampir Uchinchi kampir Voqea xira yorug‘likda sodir bo‘ladi. Baland so‘rida uch kampir o‘tirishibdi. Uchalasi davomi…

Gabriel Garsia Markes. Uyqudagi go‘zal (hikoya)

U juda chiroyli, chikkabel, navnihol edi. Bug‘doyrang chehrasi muloyim, ko‘zlari shishaday tiniq, nozik yelkalarini begona nigohlardan yashirguvchi qop-qora, mayin sochlari, husni malohatida insoniyatning uyg‘onish davriga xos nedir bor ediki, bu sinoatga indoneziyalik yohud ispantilli biror millatning qoni aralashgani sababdir. Did davomi…

Yonas Dovidaytis. Muhabbat (hikoya)

To‘g‘riso‘z odamlarning ba’zi birlari iftixorli, o‘ziga bino qo‘ygan, olijanob kishilardir. Ammo ularning ko‘pchiligi kalta­fahm va tentak bo‘ladilar. Asrlar­dan beri davom etayotgan insoniy turmush falsafasi bizga ana shunday ta’lim beradi, biz bu masa­lada tortishib o‘tirmaymiz, albatta. Darvoqe, Vinsentas Jibartas oila­sida bo‘lib davomi…

Nur Tabarov. Tasodif (hikoya)

Odamlar tasodifan uchrashadilar, do‘st­la­sha­dilar va tasodifan bir-birlariga begona ekanliklarini tushunib qoladilar. Tasodifan… Kechki payt daryo bo‘yida tasodifan bir qizni uchratib qoldim, u oyoqlarini oqar suv ixtiyoriga topshirib, kitobxonlikka berilgan edi. Uning nozik jismiga, kitob ustiga tushib jamolini to‘sib qo‘ygan sunbul davomi…

Gabriel Garsia Markes. Ajal va armon (hikoya)

O‘z orzusidagi qizni uchratganida senator Onesimo Sanchesning qazosi yaqinlashgan – olti oyu o‘n bir kun umri qolgan edi. Qizni  Rosal-del-Virrey, ya’ni Qirol noibining ravzasi, deb atalmish kechalari  pinhoniӣ bozirgonlarning shitobkor kemalariga xufiyona bandargoh bo‘lib xizmat qiladigan, kunduzlari uyqusiragan dengiz sohilidagi davomi…

Dog‘an Nadi. Shunchaki gaplar (hajviya)

Aslida o‘tgan ishga salovat dey­dilar-u, lekin o‘sha ishni bilib qo‘ygan yaxshi. Hukumat noibligiga nomzodlardan biri Qora dengiz bo‘yidagi viloyat ahli bilan uchrashuvga boribdi. Uchrashuvda nutq so‘zlayotganda saylovchilardan biri luqma tashlab, uning gapini bo‘libdi: – Noiblikka nomzodimiz savodli bo‘lishini istaymiz! Boshqa davomi…

Rashod Nuri Guntekin. Ishq maktublari (hikoya)

Rasim bir oqshom chog‘i maktabdan uyga qaytganida dars stoli uzra turgan xatjildga ko‘zi tushdi. Uning ichidagi gulqog‘ozga shunday satrlar yozilgandi: “Rasim bey, men xushsuvrat yosh qizaloqman va sizni juda yaxshi ko‘raman. Yashirmayman, go‘zalligim aqlni shoshiradi, qanchadan qancha yigitlarni chiroyim bilan davomi…

Viktor Koklyushkin. Qo‘shnilar (hajviya)

Hammaning qo‘shnilari qo‘shniday, meniki-chi! Devor ortida ayol qichqiradi: “Uh-h!”, “Joyiga!”, men itiga buyurayotgandir deb o‘ylagandim, yo‘q, eriga ekan! O‘zi parhezda o‘tiribdi, erini ham o‘tqazdi, unga parhezning nima keragi bor, ko‘chada ketayotganda shamol uchirib ketadiganday qaltirab turgan bo‘lsa. Yaqinda shamol bo‘ldi davomi…