Lev Razgon. Jallod xirgoyisi (1988)

Yozuvchi va jurnalist Lev Razgon umrining 17 yilini Stalinning qamoqxonalarida va jazo lagerlarida o‘tkazdi. Uni «aksilinqilobiy tashviqot»da ayblashib, «xalq dushmani» tamg‘asini bosishgan edi. Ushbu maqolada muallif millionlarning yostig‘ini quritgan va millionlarning yuragiga bitmas jarohat solib ketgan o‘sha yillarning mudhish fojnalari davomi…

Qayum Karimov. Kalendar – taqvim – yiloykun (1991)

Vaqt o‘lchami insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Hozirgi kalendar paydo bo‘lguniga qadar odamlar yog‘och va boshqa narsalarga o‘yib kun, oy sanoqlarini sanash, kanop, arqon kabilarga tugun tugish, xurofiy alomatlar, rivoyatlar, qissalar orqali avlodlarga xabarlar yetkazganlar. Bu odamlarga davomi…

Temur Po‘latov. Qardoshlarga hammamiz madadkor bo‘laylik (1988)

SSSR Oliy Sovetining qrim-tatarlar masalasini ko‘rib chiquvchi Davlat komissiyasi tuzilganidan so‘ng bir necha kun o‘tgach, besh o‘zbek ijodkori, ularning orasida men ham bor edim, komissiyaga xat 6ilan murojaat qilib, uning sermashaqqat faoliyatini qo‘llab-quvvatlashimizni va «qrim-tatarlar hademay, tarixlaridagi fojiaviy davrga nuqta davomi…

Abduqahhor Ibrohimov. Fikrning onasi fikr (1990)

Fikrning onasi fikr degap bor. Gapdan gap chiqib jumhuriyat Fanlar baytulhikmasining muxbir a’zosi Abdulahad Muhammadjonov bilan ko‘hna Toshkentimizning ma’muriy markazlari — O‘rdalari haqida suhbatlashib qoldik. Toshkentning O‘rdalari beshta bo‘lgan ekan. Birinchi O‘rda Xadraning g‘arbi-shimolidagi sobiq Toshtram binosi o‘rnida, ikkinchisi birinchisidan davomi…

Mirzaahmad Olimov. Marks, Engels Bobur haqida (1989)

Ulusning ta’nu ta’rifi menga, Bobur, barobardur, Bu dunyoda o‘zumni chun yamon-yaxshidin o‘tkardim. Ulug‘ o‘zbek shoiri, tarixnavis-yozuvchisi, allomasi, yetuk sarkarda va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti, ijodi va serqirra faoliyatini marksistik asosda o‘rganish shu buyuk ta’limot asoschnlarining o‘zlari — Karl davomi…

Xayriddin Sultonov. Hayot daraxti (1989)

1. Sizningcha sotsial-siyosiy islohotlar sharoitida milliy munosabatlarni rivojlantirishning istiqbollari qanday? 2. Ko‘pmillatli davlatimizda milliy tillarning o‘rni va ahamiyati sizningcha qanday bo‘lishi kerak? 3. Milliy madaniyatlarning boyish yo‘llari haqida sizning tasavvuringiz? Men bu mavzu yuzasidan «nazariyotchilik» qilib, turli-tuman manbalardan iqtibos keltirish davomi…

Bekjon Toshmuhamedov. El to‘q, mamlakat obod bo‘lsin (1989)

Inson va uning tirikchilik tashvishlari odam va hayvonot fiziologiyasi bo‘yicha tadqiqotlarniig asosiy mahzari hisoblanadi. Taomga ehtiyoj, ovqatlanish muammosi esa turmushimizdagi jamiki narsalardan farqli o‘laroq so‘nggi oy, so‘nggi yil yoki biron besh yillikka surib bo‘lmaydigan kunlik zarurat sifatida namoyon bo‘lib turadi. davomi…

Nurullo Otaxonov. Mutlaqo shaxsiy fikrlar (1989)

Ushbu mulohazalarim poytaxtimizda ilk marta «Toshkent go‘zali» bellashuvi o‘tkazilgandan keyinoq tug‘ilgan, faqat ko‘pchilikka oshkor qilishga iymanib yurgan edim. Fikrimni odamlar, ayniqsa, tengdoshlarimiz to‘g‘ri qabul qilarmikan? Hech kim indamayapti, demak, bu tadbir hammaga yoqayotgandir-da? Ishqilib, «yangilikka qarshi» yoki, yana ham yomoni, davomi…

Xurshid Davron. Yangi fasllarni kutib (1989)

Redaktsiyaga xat Hurmatli redaktsiya! «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasida Ibrohim G‘afurovning tarixchi olim Ne’matilla Ibrohimov nomiga yozgan maktubi bilan tanishib, «Ibn Battuta va uning O‘rta Osiyo bo‘ylab sayohatlari» kitobini o‘qiganimda ko‘nglimdan o‘tgan o‘ylarga hamohang mulohazalarni topib behad quvondim. Ushbu to‘plam davomi…


Maqolalar mundarijasi