Sherali Turdiyev. Otajon Hoshim kim bo‘lgan? (1989)

Shaxsga sig‘inish oqibatlarining tugatila boshlashi bilan 30—40-yillar begunoh repressiya bo‘lgan ko‘plab sovet partiya, davlat rahbarlari, fan, madaniyat namoyondalari qatori respublikamizning ham Akmal Ikromov, Fayzulla Ho‘jayev, Abdulla Qodiriy, Ziyo Said, Otajon Hoshimov kabi qator atoqli arboblari, yozuvchi va olimlari reabilitatsiya qilindi. davomi…

Tursunboy Qoratoyev. Ovrupa uyidagi mojarolar (1990)

So‘nggi paytda Sharqiy Ovrupa mamlakatlarida sodir bo‘lgan voqealarni G‘arbning nufuzli davlat va siyosiy rahbarlari, ommaviy axborot vositalari ikkinchi jahon urushidan keyingi yillardagi eng muhim voqealar, deb baholamoqdalar. Bo‘layotgan bu o‘zgarishlar mamlakatimizda qayta qurish deb atalsa, boshqa sotsialistik davlatlarda islohat, yangilanish, davomi…

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: “Iymon va e’tiqod insonga yo‘ldosh” (1991)

— Muftiy hazratlari! Oynomamizning birinchi soni sahifalanayotgan hayajonli bir paytda Siz bilan uchrashuvimiz biz uchun alohida quvonchli. — Bismillahir rohmanir rohim. Men uchun ham. Eng avvalo «Muloqot» oynomasi ijodkorlari va mushtariylarini uning ilk soni chiqishi munosabati ila chin qalbimdan muborakbod davomi…

Ahmadjon Meliboyev. Buyuk to‘lqin (1989)

SSSR Xalq deputatlarining birinchi s’ezdi o‘z ishini yakunladi. Keyingi yigirma kun fikr jo‘shqinligi, ehtiroslar, bahs-munozaralarga boy bo‘ldi. Jamiyatning bugungi ahvoli sabablarini oshkora muhokama qilish, uni loqaydlik va beparvolik kishanlaridan xalos etish, istiqbol yo‘llarini belgilash uchun chinakam kurash bordi. Fikrlar xilma-xilligi, davomi…

Abdug‘afur Rasulov. Kashshofa nima? Quralay-chi? (1990)

Yoshlarimiz, o‘smirlarimiz tili naqadar nochorligi xususida gapirmasa ham bo‘ladi. O‘rta maktabni tugatayotgan yigit-qiz hayvon, dovdaraxt, o‘t-o‘lan, qushlardan nari borsa 15—18 tasining nomini biladi. Vaholanki, mutaxassislar yuzlab hayvonlar nomini, daraxtlar turini, sabzalar atamasini tutilmasdan qalashtirib tashlaydilar. Bizda chorvachilik terminlari, rang atamalari davomi…

Haydarbek Bobobekov. Zinnat — Qurbonjon dodxohning taxallusi (1989)

O‘tgan asr Farg‘ona viloyatida ko‘plab olimlar, shoiru fozillar yashagani tarixdan ma’lum. Nomi bizning zamondoshlarga ma’lumu mashhur shoirlardan tashqari Boqixonto‘ra, Yoriy Ho‘qanday, Zoriy, Muhsiniy, Nasimiy, Nozil, Pisandiy, Rojiy, Sadoiy, Umidiy, Shukuriy singari yana o‘nlab nazm sohiblari bo‘lganki, ulardan qolgan badiiy merosni davomi…

Yoqubbek Yakvalxo‘jayev. Odamlar va yetimlar (1989)

KPSS Markaziy Komiteti o‘zining 1987 yil 9 avgustdagi yig‘ilishida yetim bolalar bilan ish olib borishdagi jiddiy kamchiliklarni bartaraf etish haqidagi chora-tadbirlarni ko‘rib chiqqan edi. Jumladan ularda quyidagilar alohida ta’kidlanadi. «Tirik yetimlikka, ayniqsa toqat qilib bo‘lmaydi. Bu sotsializmning insonparvarlik printsiplariga yotdir. davomi…


Maqolalar mundarijasi