Erkin A’zam: Aldangan avlodning andishalari (1990)

– Odatda, ta’qiblar, tazyiqlar va zug‘umlar ijodkorni jim yurishga majbur etishi mumkin. Bunga uzoq-yaqin o‘tmishimizdan ko‘plab misollar topsa bo‘ladi. Siz – ana shunday fikrni erkin aytish qiyin kechgan turg‘unlik zamonlarida publitsistik maqolalar, hatto she’riy majmualarga taqrizlar yozgan ijodkor – oshkoralik davomi…

Bahodir Qobul. Avlodlar ta’nasiga qolmaylik (1991)

Bu (turk)larga yaqin bo‘lish uchun eng asosiy yo‘l ularning tillarida so‘zlashishdir, chunki ular bu tilda so‘zlashuvchilarga yaxshi quloq soladilar, o‘zlarini yaqin tutadilar, ularga zarar bermaydilar. Hatto o‘z panohida turgan boshqalarning gunohlarini xam kechib yuboradilar. Mahmud Koshg‘ariy. 1 Tilimiz uchinchi bor davomi…

Yashar Qosim. Olis iztirob tafti (1991)

(She’riyat va qatli om xususida o‘ylar) Birinchi maqola Yo‘q, men u chog‘larda na o‘zga osmon Na o‘zga qanotni bilgandim panoh. Xalqim, baxtga qarshi, bo‘larkan giryon, Men ham xalqim ila birga chekdim oh. Anna Axmatova «Marsiya». XX asrning atamasi ko‘p. Biroq, davomi…

Salohiddin Mamajonov. Hamza dindor bo‘lganmi? (1990)

Bu mavzu — hamzashunoslikda atayin bir chetga surib qo‘yilgan masaladir. To‘g‘rirog‘i, tadqiqotchilar Hamzaning dinga bo‘lgan munosabatiga deyarli bir tomonlama yondoshdilar. Ya’ni Hamza dinning ashaddiy dushmani edi va butun ijodi davomida dinga qarshi faol kurash olib bordi, deyilgan fikr-aqida ommaga qayta-qayta davomi…

Sabohat Azimjonova. Gulbadanbegim (1990)

«Humoyunnoma» XVI asrda Boburning nabirasi Akbarshoh davrida Hindistonda Zahiriddin Boburning qizi Gulbadanbegim tomonidan yozilgan. Gulbadanbegimning yozishicha, Akbarshoh o‘z davri tarixini abadiylashtarish maqsadida zamonafning hamma olimlariga, qarindosh-urug‘lari va amirlarga murojaat qilib: «Bobur podshoh va Humoyun podshoh davri haqida nimaniki bilsangiz yozing», davomi…

Xudoyberdi Doniyorov. «O‘zbek» so‘zining kelib chiqishi (1990)

Ma’lumki, Sovet hokimiyati yillarida SSSR xalqlarining tarixini o‘rganish sohasida anchagina ishlar qilindi. Lekin bular ko‘proq ma’lum bir qolipga solingan holda olib borildi. Natijada SSSRdagi har bir xalqning o‘z tarixini chuqur o‘rganishi o‘rniga ko‘pgina chalkashliklarga yo‘l qo‘yildi. Ba’zan esa, masalan, O‘zbekistonning davomi…

Ortiqboy Abdullayev. Qimirlagan qir oshar (1990)

Biz dorilfununga yangi kelgan kezlarimizda Shukur Xolmirzayev yuqori kursda o‘qisa-da, tilga tushgan yozuvchi edi. Ko‘pincha ko‘cha-ko‘yda Abdulla Oripov bilan o‘zaro qizg‘in gaplashib, bahslashib yurganini ko‘rardik va har ikkisiga birdek havas bilan qarardik. Ularning «Gulxan», «Lenin uchquni»da bosilgan har bir asarini davomi…

Ergash Umarov. Qomuslar — madaniy boyligimiz (1990)

Turkiy xalqlar ichida o‘zbeklarning madaniy merosi eng boy hisoblanadi. Mavjud qo‘lyozmalarning bir qismini qadimgi qomuslar tashkil qiladi. Tbilisi, Leningrad, Boku, Toshkent shaharlaridagi qo‘lyozma xazinalaridagi Fath Alixonning «Kitobi lug‘ati atrokiya», Tole Hiraviyning «Badoye-ul-lug‘at», Muhammad Xuyinning «Xulosai Abbosiy» va boshqa lug‘atlar ana davomi…

Norboy Xudoyberganov. Taftishsiz o‘sish bo‘lmaydi (1990)

E’tibor bering-a, inson qishda issiqni, yozda esa soya-salqinni qo‘msaydi. Vaholanki, odamzotning yaxshi yashab, sog‘lom turmush kechirishi uchun o‘z paytida yoz ham, qish qam juda-juda kerakdir. Kerakli narsalar esa, bamisoli qahraton qishday yoki jazirama issiqday yoqimsiz bo‘lishini negadir «hazm» qilolmaymiz. Jumladan, davomi…


Maqolalar mundarijasi