Qo‘ldosh Ergashev, Rustam Tursunov. Savod istab… (1989)

So‘nggi yillarda oshkoralik tufayli matbuotda juda ko‘plab munozarali fikrlar paydo bo‘lmoqda. Ulardan biri: «Inqilobgacha jumhuriyatda aholining 2 foizi savodli bo‘lgan», degan fikrdir. Bizda «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasida e’lon qilingan I. Abdullayevning (1989 yil, 5 may) hamda Tohir Qahhorning (1989 davomi…

Akram Aminov. Turkona choylar (1989)

Sumoq qishlog‘idagi ming yillik chinor Kitob o‘rmon xo‘jaligi nazoratchisi Murtazoxon Olimovning tomorqasiga soya tashlab turadi. Chinorning soyasiga ko‘p asrlik yong‘oq daraxtining soyasi qo‘shilib ketgan. Soyalar quyuqlashgan joyda sahni keng supa bor. Shu yerda Murtazoxon bilan suhbat qurib o‘tiribmiz. — Onam davomi…

Sherali Turdiyev. Shoir Elbek (1990)

Inqilobdan keyingi dastlabki yillarda shoir Elbek (Mashriq Yunusov) ham Abdulla Qodiriy, Hamza, Ayniy, Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Avloniylar qatori yangi o‘zbek maorifi, madaniyati, adabiyoti, matbuoti, tilini rivojlantirish ishlariga kirishib ketdi. U 20—30-yillar orasida «Armug‘on» (1920), «Ko‘zgu», «Yolqin yer» (1925), «Bahor» (1929) davomi…

Said Aliyev. Unutilgan muallif (1989)

Ayrim adabiyotshunos va tanqidchilarning maqolalarida, mamlakatimizda Andrey Platonov kabi yozuvchi va uning 50 yilcha bosilmay qolib ketgan «Kotlovan» qissasi kabi asar yo‘q, degan fikrlar bildirildi. Bu haqiqatga unchalik to‘g‘ri kelmaydi, chunki O‘zbekistonda ham 50 yildan ziyodroq davrda unutilgan qissalar, yozuvchilar davomi…

Habibulla Zayniddinov. Ibn Battuta (1989)

«Men shaharga yetib kelib, uning tashqarisida to‘xtadim. Hamrohlarimdan biri shahar qozisi Sadr Abu Xafs al-Bakri degan kishining huzuriga yo‘l oldi. U menga o‘z noibi Nuril Islomni yubordi. Nuril Islom kelib men bilan salomlashib hol-ahvol so‘rashgach, o‘z xo‘jasining oldiga qaytib ketdi. davomi…

Axbor Imomxo‘jayev. Samodagi armonlar (1989)

«Paxtakor» komandasining avia halokatiga uchraganiga o‘n yil bo‘ldi …Minsk shahridagi markaziy stadionga futbol ishkibozlari oqimi daryoday quyulib kelayotir. Muxlislar hayajonda. Chunki mamlakatning ikki kuchli komandasi o‘zlarining katta imkoniyatlarini namoyon etishi, mazkur o‘yin shiddatli va qizg‘in bo‘lishi kutilayotgan edi. Lekin o‘yin davomi…

Dilmurod Quronov. Ikki roman — ikki talqin (1991)

Badiiy asar faqat badiiyat mezonlaridan kelib chiqib baholanishi lozim degan fikr keyingi vaqtda bot-bot uchramoqda. Albatta, bosh mezon badiiylik bo‘lishi kerak, lekin masalani bu qadar keskin qo‘yish yana biryoqlamalikka olib kelmasmikin? Mazkur fikr uzoq vaqtlardan beri badiiy asarning mafkuraviy jihatini davomi…

Dilmurod Saidov. Moziy haqiqati (1990)

Xalqimizning ma’naviyati tarixiga xolisanillo nazar tashlasak, bu yurt ne-ne fozillaru shoirlar, oqinlaru sohibqironlarning yurti bo‘lganligiga guvoh bo‘lamiz. O‘z boshidan achchiq sitamlarni kechirgan, ammo falakning yozmishi ekan, deb bo‘yin egishni o‘ziga or bilgan ajdodlarimiz jasoratidan haqli suratda faxrlansak arziydi. Afsuski yillar, davomi…

Habibulla Zayniddinov. Ahsikat (1989)

Samarqanddagi Afrosiyob tepaligi kabi qadimiy arxeologik yodgorliklardan biri — ko‘hna Axsikat eramizdan oldingi VI—V asrlarga oid ma’lumotlarga ko‘ra eramizning to XIX asr o‘rtalarigacha ham shu nom bilan atalgan. Uning xarobalari hozirgi Namangan muzofotining To‘raqo‘rg‘on mavzesi, Shahand qishlog‘i chegarasidadir. Unga Zadaryo davomi…

Nazira Yo‘ldosheva. Zarafshonmi, Zorafshonmi? (1989)

Zarafshon! Ba’zan yarim kechalari uyqum qochib, uning haqida o‘ylab ketaman. Uning zorlanish aralash ovozi shamol bilan birga derazamdan oqib kirib, yostig‘imga singiydi: uyimning zangori devorlarida jonlanib, so‘raydi: Men volidai muhtaramangning sog‘ligi kabi kundan-kunga orqaga ketib, yo‘q bo‘lib borayotirman, sen esa davomi…


Maqolalar mundarijasi