Bahodir Murod Ali. Sobiq musiqa ministri (hajviya)

«Kimsan» ismimning ma’nisiga kelsak, ins-jinslarning nomi ekan. Ma’lumki, ins-jinslarning qo‘nimi bo‘lmaydi. «O‘g‘lim ko‘chaning bolasi bo‘lsin, kasbimni egallasin», deb otamiz shu sharifni kaminaga ma’qul ko‘rganlar. Bizning urug‘ yosh bo‘lsa, ikkala lunjida qurtobasi borday, keksa bo‘lsa, suzmaxaltaday lunji osilgan bo‘ladi. Sababi — davomi…

Qulman Ochilov. Bog‘ sayri (hikoya)

Yurak xastaliklari bo‘limidan “terapiya” tomon o‘tib borayotgan Eshdavlatovni kimdir chaqirganday bo‘ldi. To‘xtadi. Malol keldi. Tibbiyot ahlining dalolat qilishicha, ikki kuragining o‘rtasidan “tuz koni ochilgan”. Ana kashfiyot! Ellik yildan beri qo‘li qalamdan og‘ir narsa ko‘tarmagan zahmatkash muharrirning xo‘kkaygan yelkasiga tuz emas, davomi…

Inomjon Shavkatov. Arslon yelkasidagi xazina (qissa)

Millat ozodligi uchun aziz jonini fido, umrini baxshida etgan munavvar zotlar xotirasiga bag‘ishlayman. Ey ulug‘ Turon, arslonlar o‘lkasi! Senga ne bo‘ldi? Dunyoni “urxo”lar bilan titratgan yo‘lbars yurakli bolalaring qani? Nechun tovushlari chiqmaydur? Abdurauf Fitrat Uni ko‘rmasimdan avval tanidim, bilmasimdan oldin davomi…

Iqbol Mirzo. Ko‘chat (hikoya)

Rahmatjon ko‘cha eshikni yelkasi bilan itargandi, lo‘kidoni yerga tushib, daranglab ketdi. Ichkaridan avval shoshib xotini, keyin olazarak o‘g‘ilchasi chiqdi. – Ha, tinchlikmi? Sulaymon taxtini ko‘tarib keldingizmi, shahdingiz osmon? – dedi xotin peshonasiga tang‘ilgan yashil durrani mahkamroq tortib. So‘ng devorga suyab davomi…

Jasur Kengboyev. Sinov (qissa)

Osmon yig‘lamay, yer kulmas. Maqol Inson o‘ziga aziz bilgan narsalarni barbod qilishga moyil bo‘ladi. Eski-tuski buyumlar, keraksiz jihozlar, sarg‘ayib ketgan taxlam-taxlam gazeta-jurnallar, bag‘ri qon qoralamalarini to‘plab, ko‘hnachilarga topshirishga ahd qildi. Qog‘ozlarni saralayotib, talabalik paytida tutgan bir qora jildli yondaftarga nigohi davomi…