Temur Po‘latov. O‘limni qoldir dog‘da (qissa)

Qrim-tatar xalqining yetakchi oydinlaridan biri – No‘mon Chalabijahonning so‘nggi kunlari haqida qissa Allohning yo‘lida qatl bo‘lganlarni “o‘liklar” demang. Balki ular tirikdirlar, lekin siz sezmassiz. Qur’oni Karim, Baqara surasi, 154-oyat. I No‘mon Chalabijahon oxirgi haftani Buyuk So‘noqdagi ota hovlisida, yaqin aqrabolari davomi…

Ashurali Jo‘rayev. Yurak aldamaydi (hikoya)

Hali olis o‘sha qutlug‘ kun, Parvozingni baland ol, yurak! Kurashlarda yengmog‘im uchun Uzoq umr ko‘rmog‘im kerak. Mashrab BOBOEV Kasalxonada davolanish uchun yotganimda yuragimni kardiogramma qilishdi. Uni ko‘zdan kechirgan doktorlardan biri: “Siz tik oyoqda infarkt o‘tkazib yuborgansiz. Mana bu chandiqlar infarktning davomi…

Muhabbat Yo‘ldosheva. Qirmizi olma (hikoya)

Shohida maktabdan qaytib, kiyimlarini almashtirdi-da, endigina kechagi ovqatdan qolganini isita boshlagandi hamki, devor osha qo‘shni hovlidan Diyoraning ovozi eshitildi: — Shohi, hov Shohi! Bir necha soniyadan so‘ng ikki hovlini ajratib turgan devor uzra Diyoraning qo‘hlikkina chehrasi ko‘rindi. Diyora qo‘shnisining hovlisiga davomi…

Nodira Sodiqova. Kunlardan bir kun (hikoya)

Siyrak, tillarang sochlari peshonasiga tushirib kalta qirqilgan, puchuq burun, yoqimtoygina bolakay guruch donalaridek old tish­larini ko‘z-ko‘z qilgancha shirin jilmayib turardi… Hulkar ko‘zini suratdan uzib, darpardalar oralig‘idagi pushtirang osmon parchasiga noxush tikilib qoldi. Ko‘nglining tubida og‘ir g‘ashlik cho‘kib yotardi… Parishon nigohi davomi…

Abduqayum Yo‘ldosh. Osmon og‘ushi (qissa)

Adirda o‘tlab yurgan mollarga Avaz qarab turadigan bo‘lgach, bolalar chuvillab tepalikka ko‘tarilishdi. Sobir beliga bog‘langan arqonni yechib, sarg‘aygan maysalar ustiga uzun qilib tashladi. Qolganlar mana shu o‘ziga xos start chizig‘iga yumalatib kelingan traktor balonlari ichiga Usmon bilan Eralining joylashib olishiga davomi…