Umid Ali. Ilhom parisi (hikoya)

Ixchamgina yotoq. Oppoq jildli ko‘rpa-yostiq to‘shalgan simto‘r karavot, qo‘sh tortmali stol va suyanchig‘i bor stul, ikki tokchasida ham katta-kichik kitoblar zich tizilgan qahvarang javon. Xona odmigina jihozlanganiga qaramay, kishini o‘ziga jalb etadi. To‘shak go‘yo o‘n yildan beri hech kim yotmaganidan davomi…

Nabi Jaloliddin. Fassol (hikoya)

Eshikni ellik yoshlardagi ayol ochdi. Turmagini bo‘shroq tang‘iganmidi yoki uydaligi uchun parvo qilmaganmi, quloqlari ustidagi soch tolalari to‘zg‘igan. Egnida tanasini yarashmayroq sirgan gulli xalat. Kelguvchilarga boshdan-oyoq razm solgach, halovatini yo‘qotishni istamayotgandek boqdi. – Kelinglar… – dedi chap qo‘lida xalatining yoqasini davomi…

Azim Bahodir. SMS (hajviya)

Ko‘rmaganning ko‘rgani qursin. Bahor kunlarining biri edi. Xolmat tusning to‘ng‘ichi otasiga so‘nggi rusumdagi mobil telefon sovg‘a qildi. Otaning ko‘ngli tog‘dek ko‘tarildi. Farzandini umringga umr, topganingga baraka bersin, deb ichida duo qildi. Suyunganini yashirdi. Sirtiga chiqarmadi. – O‘zimning eskim ham bo‘laverardi, davomi…