Akbar Rustamov. Kasal (hikoya)

Har galgidek, ishxonada qog‘ozlarga ko‘milib turgan edim, telefon qo‘ng‘irog‘i diqqatimni bo‘ldi. Oyim ekanlar: “Tez kela olasanmi? Opangnikiga borishimiz kerak…” Opam betobligini ertalab eshitgan, kechqurun ishdan qaytar mahali kirib o‘tishni rejalashtirgandim. Favqulodda qo‘ng‘iroqdan xavotirim yanada oshib, javob so‘rashni ham nasiya qilgancha, davomi…

Jamila Ergasheva. Gap (hikoya)

Milisada ishlaydigan Suyunboyning o‘g‘li huquqshunoslik institutiga o‘qishga kiribdi. Er-xotin quvonchlari ichiga sig‘may, bir qo‘zi so‘yib, qarindoshlarni uyga chaqirishdi: aka-uka, opa-singil, amma-xola, yangalar, kelinlar… Erkaklar hovlida o‘tirishdi, xotin-xalaj bemalol o‘tirsin deb, ichkariga joy qilishgan ekan. Katta konditsioner g‘uvullab turgan keng, hashamatli davomi…

Habib Temirov. Qistiraymi, qistirmaymi? (hajviya)

“Poraxo‘rlikni tugatish chora-tadbirlari” degan ilmiy anjumanda ishtirok etishimga to‘g‘ri keldi. Aslida bu yig‘ilishda idoramizning boshlig‘i qatnashishi va nutq so‘zlashi mo‘ljallangan ekan. Muhtaram zotimiz betob bo‘lib qolganlari bois zerikarli mashvaratga borish kaminaning chekiga tushdi. Mas’ul lavozimda ishlayman – yo‘q deyolmadim. Anjuman davomi…

Anvar Namozov. Uchrashuv (qissadan parcha)

Faxriddin bilan uchrashdim. U Zinnura aytib berganidek, jingalaksoch, biqqigina yigit ekan. Bir o‘zi kelishga qo‘rqqanmi, uchta og‘aynisini ergashtirib olibdi. Men uni avvaliga chetdan turib kuzatdim, so‘ng oddiy yo‘lovchilar kabi orqasidan yaqinlashdim-u, yelkasiga yengilgina bitta urdim. Faxriddin cho‘chib ketib, menga o‘girildi. davomi…

Akbar Mirzo. Zilzila (hikoya)

1966 yilning 26 aprelga o‘tar kechasi. Qorong‘i osmonda yulduzlar ham, oy ham arang ko‘zga tashlanadi. Atrofdan esa onda-sonda daydi itlarning ovozi eshitilib qoladi. Bunga yaqin o‘rtada joylashgan ko‘lmakdagi qurbaqalarning qurillashiyu chirgirtkalarning tinimsiz chirillashlari jo‘r bo‘ladi. Pastak devorning hovli tomonidan kimningdir davomi…