Xolmuhammad Karimiy. Chorva odami (hikoya)

Agar o‘lim-jitimsiz to‘l tushsa, cho‘ponning murutini bolta kesmadi degani. Haydarqul ham suruvi chiqitsiz boyib yelkasidan tog‘ ag‘darilgandi, kayfi chog‘. Kiyim-boshini almashtirib, yo‘lga otlandi. Qizilning darasidan chiqib kelib, Katmanning hovariga yetganda oti adirga tirsaklab ketdi. Darhol selga tomon jilovini burdi. Namgarchilik davomi…

Abduqayum Yo‘ldosh. Bozor (hikoya)

Kamol akaga “…Elning qanday yashayotganini bilmoqchi bo‘lsang, avvalo, uning bozorlariga qara”, deydi donishmand xalqimiz. Darhaqiqat, bugun viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan dehqon bozorlarida sotuvchi va xaridorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlarni, peshtaxtalardagi to‘kin-sochinlikni ko‘rib, diling ravshan tortadi…” Davronning dili ravshan tortmadi, bil’aks, peshonasi davomi…

Xolmuhammad Karimiy. Qamchi (hikoya)

Eshbo‘ri uyqudan uyg‘onsa suyagi zildek og‘ir, keliga solib tuyulgandek ulay-bulayga qimirlashga hafsalasi bo‘lmay har kungidek to‘shagida yalpaygancha o‘tiraverdi. Allaqachon kun yoyilib ketgan. Ayiqdek lapanglab hovliga chiqqanida badanlari zirqirab, ustiga-­ustak lop etib yuziga saratonning hovuri urilib basharasi tirishdi. Pomidor jo‘yaklarda o‘roq davomi…

O‘rinboy Usmon. Tasodif (hikoya)

Shirin tush ko‘rib yotgan O‘roz qo‘ylarning ustma-ust ma’rashidan g‘ijinib uyg‘ondi. Yonidagi o‘ringa qo‘l cho‘zdi. Qo‘li quruq to‘shakka tekkach, erinib ko‘zini ochdi. «Quvon! Anovi ochofatlarning jag‘ini o‘chir!» Devorlari tutundan qorayib ketgan uychaning bir ko‘zli derazasiga tutib qo‘yilgan, kirligidan asli rangi bilinmay davomi…

Risolat Haydarova. To‘ydan keyin (hikoya)

U butun xonani egallagan xontaxtaga, gajimdor dasturxon ustini bezagan yarqiroq chinni idishlarga, “chaq-chuq”lari yarimlanib qolgan billur vazachalarga, shokoladlaridan bo‘shab qolgan zarhal taqsimchalarga boqarkan, beixtiyor uzun so‘lish oldi. Devor bo‘ylab to‘shalgan duxoba ko‘rpachalarning ustiga parvosiz tashlangan yostiqlarga, kechagina ko‘rgan ko‘zni havaslantirib davomi…