Asad Dilmurod. Oqbadan parivash nigohi (hikoya)

Arxeologik qo‘riqxona sanalmish qadimiy Afrosiyob xarobazorini kechayu kunduz qo‘riqlovchi afsungar: sochlari to‘lin oy shu’lasidek shokila-shokila oqbadan parivash!.. Yuragi tig‘ tilgandek simillab sanchayotgan Zarina yonida tizzalagan yolg‘iz o‘g‘li – Arslon burji ostida tug‘ilgan Sevinchakning bo‘y-basti va marhum eri Hikmat Roziqning dahliz davomi…