Sa’dulla Siyoyev. Ahmad Yassaviy (roman)
Asarni saqlab olish
Asarni saqlab olish
Loy supada uyulib turgan eski-tuski poyabzallardan birini usta charm fartugining etagiga soldi-da, mum surtilgan shordozni juvoldizga o‘tkaza boshladi. Supaga soya berib turgan zardoli barglarining shabadada sekingina shitirlashi go‘yoki shivirlab gurung berayotgandek, usta esa boshini egib uni tinglamoqda. Goho uning diqqatini davomi…
I Vaqt ta’sirini o‘tkazmaydigan narsaning o‘zi qolmapti. Hatto asl mol ham uning qoshida ojiz ekan. Bundan o‘ttiz besh yil burun Maskovda mana shu portfelni naq bir yuz yigirma rublga olayotganimda sotuvchi: «Toza charm. Sizga yuz yil xizmat qilib beradi. Hatto davomi…
I Bilaman, u begona eshiklardan cho‘chiydi. Osmonu falakda joylashgan, ayvonidan qaralganda odamning ko‘ngli ozib ketadigan bir xonali beton katalagimning na dermatin qoplangan va na raqam bitilgan g‘aribona eshigini tanib olgan; faqat shu yerga kelgani-kelgan. Soat mili o‘n ikkidan oshib, yo‘lak davomi…
Sochini oy sayin ustarada taqir oldiradigan, hissiz sarg‘imtil ko‘zlari odamga ishtonini ho‘llab qo‘ygan boladek boqadigan, yoz-qish yorilib yuradigan, quruqshab ketaveradigan lablarini dam-badam yalab olaverishday o‘xshovsiz odati bor, shu kunga dovur faqir kishi panada qabilida bir chetda, bor-yo‘qligini bildirmasdangina yuradigan, tengdoshlari davomi…
Erkin A’ZAMga 1 1981 yil edi. Terim avjida. It egasini tanimay yotgan ur-to‘polon kunlarning birida armiyaga to‘ppa-to‘g‘ri daladan, voyenkomning mashhur nosrang «Villis»iga bosib olib ketilgan o‘zbekovullik Do‘stboy yana ikki qovun pishig‘ini eson-omon o‘tkazib, uydagilarni sarg‘aytirib yo‘l qarata-qarata, nihoyat, dekabr oyining davomi…
Kuz sariq poyandozdan iborat matosini ko‘z-ko‘z qilib atrofga sochgan. Qishloq do‘koni oldidagi ikkita tut daraxti o‘rtasiga mahkamlangan yog‘och o‘rindiq bo‘sh. Ertadan kechgacha ezmalanib o‘tiradigan chollar ham bugun ko‘rinmaydi. Ariq yoqasidagi quriy boshlangan rayhonlarga tut barglari ilinib qolgan. Kampir do‘konga kirganda, davomi…
Dadaxon Nuriy. Oqshom qo‘shiqlari. Lirik povest. — Toshkent, «Yosh gvardiya», 1964. Yosh yozuvchi Dadaxon Nuriy «Lenin uchquni», «Yosh leninchi» gazetalarida hikoyalari bilan qatnashib kelar edi. Qo‘lingizdagi ushbu «Oqshom qo‘shiqlari» uning birinchi yirik asari bo‘lib, ko‘p yillik izlanishlardan so‘ng dunyoga keldi. davomi…
Yanglishmasam, o‘shanda o‘n uch-o‘n to‘rt yoshli o‘spirin edim. Oilamiz uncha katta emas, ota-onam xo‘jalikda ishlar, Mansur akam shaharda — institutda, singlim Yulduz mendan ikki sinf quyida o‘qir edi. Otam har gal shaharga meva-cheva sotgani borganda o‘ziga hamroh qilib olar, men davomi…
Shavkat mening bolalikdagi do‘stim. Do‘stim, deb alohida ta’kid bilan aytishni taqozo qiladigan sabablar bor. Farzandi, ayniqsa, o‘g‘li bor oila bolaning kim bilan do‘stlashishi, ko‘chada kim bilan o‘ynayotganiga alohida nazar bilan qaraydi. Olmaning ostiga olma tushadi. Mening dadam bilan Shavkatning dadasi davomi…