Shodmon Otabek. Oriyat (hikoya)

Zohir majlisxonaga kirayotib soatiga qarab qo‘y­di. Hali uchrashuviga ancha vaqt bor. Majlis nari borsa ikki-uch soat davom etishi mumkin. Bemalol ulguradi. Ammo oldindan aniq bir narsa deyish qi­yin. Mabodo majlis cho‘zilib ketsa Zulxumor kutib turarmikin? Ko‘zni shamg‘alat qilib zaldan chiqib davomi…

Uyg‘un Ro‘ziyev. Modern (hikoya)

Qanchalik kirishib-tirishmay, qishloqda hech ishim yurishmadi. Keyin omad qidirib Toshkentga keldim. Hamqishloq yigitlarga ergashib g‘aribgina ijara uyga joylashdim. So‘ng avom xalq tilida “Mardikor bozor” deyiladigan joyga bordik. Biror mashina kelib to‘x­tasa, hammamiz yopirilib uni o‘rab olamiz. Haydovchi pastga tushishga ham davomi…

Mirpo‘lat Mirzo. Armon (esse)

Ko‘klam endigina kengliklarga muattar bo‘ylarini taratayotgan damlar yodingizdami? Tong payti ilk giyohlar nish urgan qirlar, adirlar, uyg‘onayotgan dalalar shabnamlarga cho‘miladi va bu shabnamlar hovurga aylanib, quyoshning sog‘intirgan shu’lalarini oqlikka chulg‘aydi. Tutab yotgan isiriq tutunlari yanglig‘ bu hovur tog‘ etaklariga to‘shalgan davomi…

Orif Hoji. Nayrang (hikoya)

Kuzning iliq kunlaridan biri. Tong payti. Atrof-javonibda erta tongda yengilgina yog‘ib o‘tgan yomg‘irning yoqimli hidi. Saodat aya uyi derazasidan tashqarini tomosha qilib turarkan, isqirtgina kiyingan, kir ro‘moli ostida hurpayib va yiltillab ko‘rinib turgan sochlari kishining ko‘nglini behuzur qilar darajadagi lo‘li davomi…

G‘ulom Karimiy. Qadimiy sevgi qissasi (drama)

Qatnashuvchilar:Zariadr – sug‘d sarkardasi Odatida – shaklar podshohi Omargning qiziGushtasp – Sug‘diyona podshohi Omarg – shaklar podshohiMardon – Zariadrning do‘sti, sarkardaSaksfar – shaklar sarkardasiArshak – sarkardaFarhod – urug‘ oqsoqoliMidiya shahzodasi, mulozim, cho‘pon, soqchilar, sarkardalar va urug‘ oqsoqollari.Voqealar taqriban eramizdan avvalgi davomi…

Eshqobil Vali. Dorboz (hikoya)

– Shabnam, qizim-onam, tetik bo‘l! Mana men, ko‘r­dingmi?! Qo‘rqma, qizim-jonim! Men shu yerdaman-a?! Dorboz gap tashlaganda doira sasi tinadi. Ota­ning ovozi titrab ketadi. To‘rt gaz balandlikdagi dor ustida, qizchaning kiftini tutib turgan o‘spirin qo‘llarini oladi. Qizchaning ovozi jaranglaydi:– Labbay, dada?– Xudoga davomi…

Farmon Toshev. Hashar (hajviya)

– Aziz hamkasblar, – dedi Hamza Qodirovich jamoaning tezkor yig‘ilishini ochar ekan. – Bugun sizlarni juda muhim va dolzarb, ha, dolzarb masalani muhokama etishga chaqirdik.Navro‘z bayrami arafasida durustroq joyda das­turxon tuzash yoki biror tarixiy shaharga sayohat uyushtirish ilinjida yurgan xodimlarning davomi…

Baxtiyor Abdug‘afur. Yonargul (hikoya)

Bu rastada dunyoning eng anvoyi gullari yi­g‘il­ganmi, deysiz. Oppoq nilufarlardan tortib, turfa rangdagi atirgullargacha, chinnigullaru lolalar, barg­lariga barmoq tekkizsangiz yumilib oladigan uyat­changgullargacha barq urib turibdi. Eh-he, sanayman desansiz sanoqdan adashasiz. Ahli rastaning o‘zi ham nozik did, shirinsuxan. Kelgan xaridorni shundoq davomi…