Anvar Obidjon. Oddiy ayriliq haqida ertak (qissa)

Adirga tutash qishloqchadagi orti derazasiz uylar badantarbiyaga saflangan bo‘yi past-baland o‘quv­­chilardek, yo‘lning ikki chetida zich tizilib tu­rib­di. Eshik-darvozalar ham turlicha: bunisi bir­qanot, odmi, ba’zilari bo‘yoq ko‘rmagan, taxtalari quyosh kuydirig‘idan qorayib, yorilib ketgan; unisi – qo‘shqanot, rangdor, hashamatli. Torgina toshloq ko‘­cha­ning davomi…

Qulman Ochilov. Lochin (hikoya)

— Men lochinman! — dedi qarshimdagi stolda o‘tirgan ellik yoshlardagi oq sariqdan kelgan baqaloq odam. Kimga gapirayapti ekan, degan xayol bilan yon-verimga qaradim. Hali juda erta, devordagi soat millari endi o‘ndan oshgani uchunmi bejirimgina qahvaxonada ikkalamizdan boshqa hech zog‘ yo‘q. davomi…

Nasiba Abdullayeva. Alla (hikoya)

Boboyor “Armiyadan o‘ris xotin olib kelibdi”, degan gap u darvozadan kirmasdanoq qishloqqa tar­qab ulgurdi. Birov hayron, birov ishonmagan. Qishloqning xotinlari Salima boybichchaga to‘zim tilashsa, oqsoqollar Shermurod mulloga achinib soqol silashadi. Abdulla rais ham jo‘rasidan xabar olgani, ham askar to‘yning daragini davomi…

Zuhra Mamadaliyeva. Rabbimqul (hikoya)

Rabbimqul o‘rnidan turar-turmas telefoni jiringladi. U norozi kayfiyatda labini burib, qoshini chimirdi. Shu holatda telefoni “yuzi”ga qaradi. Shu zahotiyoq uning chimirilgan qoshlari yoyilib, lablariga xushtabassum yoyildi.-Assalomu alaykum, okaxon! – so‘rashdi telefon bilan. –Hozirgina Sizni o‘ylab turgandim. Umringiz uzoq bo‘lar ekan, davomi…

Abdulla Ahmad. Yot (hikoya)

Hojal buvi yotib qoldi. Boshi aylanib, ko‘zi tinadi… Shu mahal buvining ko‘nglidan nimalar o‘tmaydi… Kelin bo‘lib tushibdiki, tinganini bilmaydi. Turmush o‘rtog‘i Elmurod aka xo‘jalikda brigadir edi. Erining yoniga kirib, g‘o‘za chopdi, suv tutdi. Pillachilik zvenosini boshqardi. Ro‘zg‘or butunchiligini ko‘zlab, o‘zini davomi…

Narzullo Botirov. Bir tola soch (hikoya)

Bugun yana ishga kech qoldim. Katta boshliqning qora rangli «Volga»si hovlining to‘rida savlat to‘kib turibdi. Haydovchi Xurram qo‘lidagi doka bilan avtomashinaning oynalarini, toza ekanligiga qaramay qayta-qayta artar, goho egilib, qay bir murvatlarini diqqat bilan ko‘zdan kechirardi.Havo sovuq bo‘lsa-da, quyosh charaqlagan. davomi…