Qulman Ochilov. Mulozim (hikoya)

O‘tgan hafta cho‘l tumanlaridan biriga xizmat safariga bordim. Qanday topshiriq bilan borganimni ijikilab o‘tirmayman. Qizig‘i yo‘q. Qizig‘i qosh qorayganda xorib-charchab, och-nahor, tizzamgacha qorga botib, sovuqdan tishlarim takillab, tuman markaziga kirib borganimda bo‘ldi. Ko‘cha-ko‘ydagilardan tunash mumkin bo‘lgan joyni surishtirsam, tepasiga «Dehqon davomi…

Qulman Ochilov. Shlyapali odam (hikoya)

Shanba kuni azondan kayfiyatim juda yaxshi edi. Yaxshiligining sababini aniq aytolmayman. Balki oldinda naqd ikki kun dam olish kutayotganini anglab zavqlanganimdandir, balki juma kuni ishxonamizda bir oylik qo‘shimcha mukofot berilganidan so‘ng o‘zimni anchayin boyvachcha his qila boshlaganimdandir, balki tunda yoqqan davomi…

Qulman Ochilov. Mazlumning duosi (hikoya)

Eshik sekingina ochilib, ellik yoshlardagi kishining boshi ko‘rindi. «Mumkinmi?» – dedi u tortinibgina. Navbatchi edim – stolim ustida gazetaning o‘qilmagan sahifalari qalashib yotardi. Avvaliga mehmonni bo‘limlardan biriga yo‘llamoqchi bo‘ldim, yana fikrimdan qaytdim. Meni bu qarorga undagan uning g‘oyat faqirona kiyingani, davomi…

Muhammad Ochil. Muolaja (hajviya)

Ostonadan hatlashim bilanoq, yozib-chizib, qog‘oz chaynab o‘tirgan do‘xtir yigit ko‘zoynagi tagidan ma’nodor tikildi. — Xo‘sh, shikoyat…— Oyoqdan! — dardimni dalillash uchun egilib pochamni shimarishga tutindim. — Mana, qarang…— Shimni shimarish shart emas! — do‘xtir ko‘zoynagini qo‘liga oldi. — Demak, oyoq davomi…

Hulkar To‘ymanova. Ko‘ngil (hikoya)

Muhabbatning ko‘zi ko‘r, degan aqida hayotimni butunlay o‘zgartirib yuborishini bilmasdim. Boshga tushganini ko‘z ko‘rar, deganlari shu, shekilli? Fe’l-atvorimda qandaydir o‘zgarish bo‘layotganini yon-atrofimdagilar ham seza boshlashdi. Sho‘x-shaddod, she’r-qo‘shiq aytib davrani gullatadigan qiz birdaniga kamgap, sipo bo‘lib qoladimi? Menga nimalar bo‘lyapti o‘zi? davomi…

Abdunabi Boyqo‘ziyev. Qatralar

ERTAKDAN XULOSA Odatda, kamon o‘qiga mash’ala ko‘tarib borayotgan odamlar ko‘proq nishon bo‘ladilar. Buning boisi, mash’ala tutganlarning qorong‘ulikdan yaxshi ko‘ringanlari uchun emas, aksincha, ularning mash’ala yorug‘idan narini yaxshi ko‘rmayotganliklari sabab, desak to‘g‘riroq.Shunday ekan, insoniyat uchun yuragida yovuzlik o‘rnashgan kimsalarda rahm-shafqat tuyg‘usini davomi…

Muyassar Tilovova. Laylak uyasi (hikoya)

Chang uniqib qolgan, buzoqlarniki kabi uzun-uzun, kipriklarini pirpiratib simyog‘och ustidagi laylak uyaga termilayotgan bolakay bir maromda kurtillatib o‘tlayotgan eshagi ustiga chalqancha yotib olgan, dunyo bilan ishi yo‘q. Hatto kiprik qoqmaydi, yaqinda tuxumdan chiqqan laylak bolalari chug‘ur-chug‘uriga quloq tutadi. Turob qorovul davomi…

Ulug‘bek Hamdam. To‘lin oy qissasi

Oyning botini to‘liqib, zohiri to‘lib chiqdi. To‘linganini u atrofdan — quyoshu yulduzlarning sirli-sirli nigohlaridan sezib qoldi. Nigohlar uni jodulab, ich-ichidagi ismsiz hislarini qitiqlab uyg‘otdi. Shundan ko‘ngliga birdan safar qilish istagi tushdi. Toki, nafaqat ko‘kdagi son-sanoqsiz kavokib va yana yakkayu yagona davomi…

Qulman Ochilov. Geri gedan (hikoya)

Ustoz! Ushbu xatimni o‘qib chiqqach kompyuteringizdan o‘chirib tashlang. Unga begonalarning ko‘zi tushib, faqat o‘zingizga ishonib aytayotgan sirimdan voqif bo‘lishlarini va ustimdan kulishlarini istamayman. Juda xunuk, juda yomon ish qilib qo‘ydim. Bugun ikkinchi kuni, lekin hali-hamon eslasam, yuragim orqaga tortib ketayotir. davomi…