Sanjar Tursunov. Nihol (qatra)

Bu tun odatdagidan boshqacharoq bo‘ldi. Chigirtka chiyillamas, qurbaqa “sayramas”, shamollar ham qayoqqadir g‘oyib bo‘lgandi. Butun koinot o‘zidamas. Oy juda olis, yulduzlar yaqin-yaqin bo‘lib qolgandi. Daraxtlar tepadan pastga qarab o‘sadigandek. Hatto uy jihozlari ham o‘rnidamas. Xontaxta o‘rnida televizor, muzlatkich o‘rnida gaz. davomi…

Gulruh Yormatova. Tiniq momo (hikoya)

Muzli yerda avval otning dupur-dupuri, keyin qattiq kishnagani eshitildi. Mast uyquda yotgan Mahmud polvonning ko‘zlari birdan charaqlab ochilib ketdi. Uzoq-uzoqlardan Qorato‘shning kishnagani eshitilgandek bo‘ldi. Polvon irg‘ib o‘rnidan turdi. Egniga choponini ilgancha, paypaslanib bo‘sag‘ada turgan etigini qidirdi. Apil-tapil paytavasini oyog‘iga o‘radi-yu, davomi…

Shodmonqul Salom. Odam bo‘l (qatra)

Hamma joyda va hamma zamonlarda bo‘lganidek gavjum bozor edi. Keng sahndagi ustunlarining biriga yelka berib o‘tiradigan tilanchi cholga ham hamishagidek ko‘pchilik e’tibor bermas, ko‘ngliga kelgani bir-ikki chaqa tashlar, cholning “Odam bo‘l” degan bo‘g‘iq xitobiga parvo qilishmasdi. Chol esa boshqalarga o‘xshab davomi…

Abdusattor Hotamov. Tug‘ilgan kun (hikoya)

Ravshan ishxonasida o‘ralashib, qolib ketdi. Qo‘l telefonining soatiga qarasa, yettidan oshibdi. Oq xalatini yechib, qora charm kurtkasini ildam kiydi. Qishning qisqa kuni emasmi, allaqachon qorong‘i tushgan, quruq sovuq etni junjitar, lekin simyog‘ochlarga o‘rnatilgan kiyik ko‘z misol uzunchoq lampalar atrofni charog‘on davomi…

Abdunabi Boyqo‘ziyev. Plastik operatsiya (hajviya)

Lo‘g‘imbek qishlog‘idagi istirohat bog‘ida ijodiy kechamiz belgilangan. O‘g‘limiz Dilyorjon, nabiramiz Javohir bilan yo‘lovchi mashinada Izboskanga otlandik. Hash-pash deguncha ulovimiz Angrendan enib, dovonga o‘rmalay boshladi. Bunday safarlarda odatda, sergakroq ketish uchun shopirlarning o‘zlari yo‘lovchilarni gapga tutishadi. Bu gal ham shunday bo‘ldi. davomi…