Olim Otaxon. Qismat (hikoya)

1. Masturaning maktubi Sog‘inchli salom!Aziz aka, sog‘-salomatmisiz, kelinoyim, jiyanlarim yaxshi yurishibdimi? Mendan so‘rasangiz, Toshkentdan chiqqach, Moskvada issiq-sovuqqa chalinibman, shekilli, mana Dyukshestda — asosiy va majburiy muolaja qolib shamollashga qarshi dori-darmon ichib kasalxonada yotibman, bu ham yetmaganday, qattiq toliqibman, yursam, tursam, davomi…

Otauli. Suv (hikoya)

Ko‘pni ko‘rgan ota-bobolarimiz butun olam ham, bani odam ham to‘rt unsur – olov, havo, tuproq, suvdan tarkib topgan deydilar. Bu to‘rt unsurdan har birining o‘zigagina xos eng birlamchi sifatlari bor: olov – muqaddas, havo – beminnat, tuproq – tabarruk, suv davomi…

Asad Dilmurod. Xilvat (hikoya)

Kuz quyoshi ostida mudrayotgan shahar ko‘chalarida yupun kiyingan, kalta sochlari qirovlagan ozg‘in kampir tushiga changali dov qarchig‘ay kirganini ayta-ayta so‘ylanib yurar edi…Oradan ko‘p o‘tmay, avji qish chillasida, yeru ko‘k pag‘a-pag‘a qor ko‘rpasi bilan o‘ralganda, dabdurustdan shaharga Amir Temur Ko‘ragon tashrif davomi…

Pirimqul Qodirov. Chaqmoqday yaltillab so‘ngan umr (romandan parcha)

Ko‘ksaroyning to‘rtinchi oshiyonida eng qattiq qo‘riqlanadigan chetki xonada o‘n to‘qqiz yoshlik Abdulla Mirzo olti oydan buyon qamoqda yotibdi.Xonaning derazasi yo‘q, faqat qo‘l yetmas balandlikda tuynugi bor. Yaqinda shu tuynukdan turnalarning mayin quruv-quruvlari eshitilib qoldi. O‘sha kuni kechasi tepada kuchli momaqaldiroq davomi…

Anvar Namozov. “Pigurniya kataniya” (hajviya)

To‘ra bobo televizorda ko‘rsatilayotgan olimpiadaga tikilib o‘tirib, fe’li aynidi-qoldi. U urchiq yigirayotgan kampiriga o‘girildi:— Tur joyingdan. Menga anovi g‘ildiraklarni topib ber!— Nimani? — so‘radi Hamida buvi. — Qanaq g‘ildirak? Jimgina o‘tirsangiz bo‘lmaydimi, a?— Nabiralarning g‘ildiraklari bo‘lardi, esingdami? Tur!Kampir televizorga nazar davomi…

Shodmon Otabek. Xonadon (hikoya)

Tarvaqaylab o‘sgan ko‘hna tut ostidagi so‘rida yonboshlab yotgan Mardon chol issiqdan loxaslandi, sochiq bilan yuzini erinibgina yelpidi. Oyog‘idagi eski dard yana bezovta qilyapti cholni. Ichkarida kuymalanib yurgan Rohila kampir ayvonga chiqib, choliga yaqinlashib so‘radi:— Choyni yangilab beraymi?Chol kampiriga ko‘z qiri davomi…