Abdusaid Ko‘chimov. Bu dunyoda shunday yashasang… (esse)

I Toltushgacha toshqotsam kerak deb o‘ylagan odam, sahar-mardonda uyg‘onib ketib, o‘z-o‘zimdan hayron qoldim: bosh artilgan shishaday tiniq, oyoq-qo‘l parday yengil, xuddi kun bo‘yi chashma bo‘yi maysalariga ko‘milib yotgan boyvachchaday dumog‘ choq, kayfiyat a’lo – yarim kechagacha bo‘lgan gurungda chavandozlik qilgan davomi…

Otauli. Diydor (hikoya)

— Hoy, shoir, turing, tashqarida sizni qandaydir rasvo so‘rab kelibdi!Mehmonxona xodimining bosh ustiga engashgan ko‘yi shivirlab aytgan bu gapi Abdulhamidning uyqusini daf’atan o‘chirdi. Kuni bo‘yi do‘stlari bilan vodiy bo‘ylab qilingan safar-sayohatlari, adabiyot ixlosmandlari bilan qizg‘in uchrashuvlardan charchab-toliqqan, shu bois qotib davomi…

Bayram Ali. Kuz yomg‘irlari (hikoya)

Jafarsodiq!Tahririyatimizga yaqindagina ishga olingan bu serg‘ayrat yigitcha hatto bosh muharir Kibriyo opadek talabchan va jizzaki ayolga-da ma’qul keldi. Bu ham bo‘lsa uning o‘ta tirishqoqligi sababidan, qolaversa, qalami ham durust chiqdi. Faqat uning bittagina chakki odati bor ekan. Buni biz kech davomi…

Qo‘chqor Norqobil. Oqibat daraxti (hikoya)

Chol tushimga kirdi. Yelkasiga xurjun ilgan o‘sha chol. Sira tushimga kirmacdi, tovba. Ko‘nglim g‘ashlandi, bezovta bo‘lib uyg‘ondim.Nonushta payti kichik qizim tunov kun bergan va’damni yodimga soldi:— Dadajon, bugun shanba-ya? Ishga bormaysiz, to‘g‘rimi… Esingizdami?— Esimda.— Chimyonga boramizmi?— Yo‘q. Chimyondanam chiroyli, ajoyib davomi…

Qulman Ochilov. Savob (esse)

Bekatda to‘xtagan avtobusdan bir odam tushdi. Kitob shahar bozori tomon oqib kelayotgan olomon orasida bir zum to‘xtab, yon-veriga razm solgach, qarshisidagi kamko‘rimgina bino – bank tomon yurdi. Unga hech kim e’tibor bermadi. Sirasini aytganda, uning diqqatni o‘ziga tortadigan siyog‘i ham davomi…

Erkin Usmon. Va’da (hikoya)

Qishloq fuqarolar yig‘inining navbatdagi majlisi yarim kechagacha cho‘zildi. Aytilmagan gap qolmadi, eski zovurni tozalash bormi, mahallaning yo‘lini asfaltlash kerakmi, barchasini aytildi. Gapiraman degan ko‘p, lekin biror ishni bo‘yniga olib “Kelinglar, shuni birgalashib bajaraylik, odamlarga yengil bo‘lsin”, deydigan kishi yo‘q. Maslahat davomi…

Xoliyor Safarov. Oqibat (hikoya)

Azim Haybarovich ikki yordamchisini ergashtirib auditoriyaga kirganda «Hozir dekan keladi», deb shivirlagan talabalar «guv» etib o‘rinlaridan turishdi va jo‘r ovozda salom berishdi. Alik olingach, hozirgina «205ga kiringlar», degan o‘qituvchi rahbariyatni tanishtirib unga so‘z berdi. Fakultet dekani, avvalo, yig‘ilganlarning barchasini talabalik davomi…