Muhammad Sharif. S.A. xotiralari (qissa)

Turkman cho‘lida quloqcho‘zma 1986 yilning 18 apreli edi. Bizni Kosonsoy tumani harbiy chaqiruv bo‘linmasida safga tizib, nomma-nom yo‘qlovdan o‘tkazgach, avtobuslarga chiqarishdi va Namangan viloyati markaziga yo‘l oldik. Shaharga qishlog‘imizdan o‘tib ketilardi. Hovlimiz katta yo‘ldan ko‘rinib turadi. Avtobus oynasidan qarab ilg‘ab davomi…

Muhammad Sharif. “Uoll Strit” (hikoya)

– Voydod, voy o‘lay! Bolta ko‘tarib kelayotganmish! Endi nima qilamiz? – O‘ttizga o‘rlab qo‘ygan juvon temir darvozani daranglatib yopib kirdi-da, qo‘lidagi cho‘ltoq supurgini chetga uloqtirib, katta dahaga kirgan qurtdek pishillab yotgan erini titrab-qaqshagancha uyg‘otishga tushdi. – Voydod! Tursangiz-chi g‘aflat bosmay! davomi…

Muhammad Sharif. Nemis (hikoya)

U tushgan mashina Qamchiq dovonidagi chegara nazorat nuqtasiga yetib kelganida ma’lum bo‘ldiki, tog‘ yo‘li yopiq ekan. Kecha tuni bilan qor yoqqan, dovonda yo‘lni tozalash ishlari hali tugamabdi. Oradan biror soat o‘tmay yo‘lda mashinalar turnaqator bo‘ldi, bir zumda qurut, pista, qo‘qonpatir, davomi…

Muhammad Salom. O‘zganing dilbandi (hikoya)

-Huu otasi, turing, turaqoling endi… Olisdan taralganday mayin ovozni Otasi go‘yo eshitmas, ko‘rpaga burkangancha qimirlamay yotardi. Shunda ovoz egasi “qasr”ga oyoq tomondan qo‘l uzatib, ko‘rpani silkitdi: -Turing, otasi, keliniz choyga chorlayapti, kelin qo‘lidan choy ichmaysizmi, otasi?-A?.. Kelin… – otasi avval qo‘zg‘aldi, so‘ng davomi…