Tohir Yo‘ldoshev. Chirmoviq (qissa)

Og‘ir sukunatni mutloq o‘ziga singdirgan qabristonning qo‘rqinchli manzarasi horg‘in nafas olgancha gunohlarga to‘lib-toshgan foniy dunyoni jimgina kuzatib mudraydi. Do‘psaygan qabrlarning u yer-bu yerida bo‘y cho‘zgan yantoq butalari bu sovuq sukunatga bardosh berolmay, yengilgina esgan shabbodaga asta-asta bosh chayqashib, bir-birlarining badanlariga davomi…

Shahodat Ulug‘. Myunxen yog‘dulari (novella)

Tomas yozishga mukkasidan ketayotir edi… Uning juda olis zamonlarda qolib ketgan, ammo xazin bitiklari ichida tomchi tug‘ayotgan faromush xayollari shakl-shamoyil topayotgandi, vujud bo‘layotgandi. Tomas kayfiyat bandasi, ko‘ngil fuqarosi edi. So‘z naqqoshining quvvai hofizasi fig‘onli mung taratdi, bamisli aftondil ko‘ngilning hasratli davomi…

Rustamjon Ummatov. Kelganlariga bir qulluq edi, ketganlariga ming qulluq

(Mehmonlar xususida feleton) O‘zbek – mehmondo‘st. Shunchalikki, mehmonini padariday ko‘rib, uyning to‘riga o‘tirg‘izadi, parqu bolish va yumshoq o‘rinlarni to‘shab, eng tansiq taomlar bilan siylaydi. Ammo osh kelmaguncha ketishga ruxsat yo‘q: bu mehmonga ham ayonki, ko‘zi eshikdan o‘taveradi: – Palovxonto‘ra qachon davomi…

Mastura Abduraim qizi. Boshsiz qo‘g‘irchoqlar (hikoya)

Necha kundirki ayol mijja qoqmadi. Tuz totmadi. Ovqatlanish, qorni ochganda nimadir tanovul qilishi kerakligini ham unutgandek edi. Qirq kundan buyon u faqatgina suv ichardi. Yutoqib-yutoqib, lablaridan oshirib-toshirib, bo‘yni, ko‘ksidan oqizib, hansirab ichgani suv edi. Qizchasi ketgan kundan, hattoki, uning jimitdaygina, davomi…