Abdunabi Hamro. Muso rais (hikoya)

Kunduzi chiroq yoqib, butun Olotni qidirib chiqsangiz ham Muso raisga o‘xshagan kishini topolmaysiz. Qiladigan qiliqlari attorning qutisidayam yo‘q. Bo‘y-basti pachaqqina, til-zaboni achchiq. Ayrim ishlariyu gap-so‘zlariga qarab, uni kimga mengzashniyam bilmay qoladi kishi. Tagi-zotidan gap ochilsa goh o‘zini ojizu notavon qilib davomi…

Ilhom Zoyir. Xo‘rak (hajviya)

Molingni yo‘qotsang — xo‘p-xo‘p, o‘g‘irlatsang alamini hech narsa bosolmaydi. To‘g‘ri, yo‘qotding nimayu o‘g‘irlatding nima, ikki o‘n besh — bir o‘ttiz, deyish ham mumkin. Lekin aslida bu — bir o‘ttizni ikkiga bo‘lishday og‘ir…Bu gapning mag‘ziga yetaman desangiz, mana, bizning Oychechak yanganing davomi…

Anvar Suyunov. Ota uy (hikoya)

Yomg‘irdan so‘ng yarqirab chiqqan quyosh nurlari ko‘pchigan tuproqni qizdira boshladi. Tizza bo‘yi o‘tloqlar ustida tebranayotgan bug‘ o‘rlab ko‘m-ko‘k bahor osmoniga singib ketadi. Pichanzorlar orasida bir maromda sayrayotgan mullato‘rg‘ayning chug‘ur-chug‘uri adir bo‘ylab kezadi. G‘o‘bdintog‘ etagidagi yoyilmalarda poda boqib yurgan bolakaylarning qiy-chuvi davomi…

Sharof Boshbekov. Mening yozuvchi bo‘lganim (biografik hajviya)

Men jiddiy oilada tarbiyalanganman. Uyimizda kulgi ovozi kamdan-kam eshitilardi. Ota-onamiz: «Jiddiy bola bo‘lgin, shunda sendan jiddiy odam chiqishi mumkin. Bo‘lar-bo‘lmasga hiringlayversang, go‘r ham bo‘lmaysan» deb o‘rgatishgan. Ana shu gap hamon qulog‘imda. Mendan durust odam chiqdimi-yo‘qmi bilmadim-u, lekin shunaqa qovog‘i soliq davomi…

Farhod Mucajon. Darz (hikoya)

Foziljon bilan Odilbek bir mahallada o‘sdi, bir maktabda o‘qib, institutni ham birga tugalladi, omadlarini qarang-ki, o‘qishni bitirgach, bitta muassasaga ishga kirdilar.Yigitlarning har ikkisi mehnat faoliyatini oddiy xodimlikdan boshlab bo‘lim boshlig‘ilikkacha ko‘tarilishdi. Ish joylari nufuzli, tuman hokimiyatida edi, oradan qariyb yigirma davomi…

Baxtiyor Nuriddinov. Havola (hikoya)

Qachonlardir Chechakni yaxshi ko‘rib qolishini xayoliga ham keltirmagandi. O‘zini oqlamoqchi emas-ku, singildek yaxshi ko‘rardi uni. Bitiruv oqshomi – so‘nggi qo‘ng‘iroqda esdalik uchun bergan mittigina sovg‘asi hamon maktab xotiralarini eslatar, shundan yuragi qinidan chiqqudek bo‘lib hapriqib-hapriqib qo‘yardi. Buni doim shuuridagi sinfdoshlariga davomi…