G‘afur Shermuhammad. Quduq (qissa)

Ko‘klam qurg‘oq kelgan. Savr chiqib ulgurmagan bo‘lsa-da, atrofda yastanib yotgan qir-adirlarning maysasi qovjirab, borliq sarg‘ish tusga kirib ulgurgan. Tikkaga kelgan oftob qovjiroq xas-xashakni yondirishga qasd qilgandek dala-dashtga tinimsiz olov purkaydi. Adoq tarafdagi tepalikda ko‘zga tashlanib turgan cho‘pon kulbasi va kattagina davomi…

Vosit Ahmad. Yangi boy (hajviya)

– Yangi boylardan biri tish qo‘yish mutaxassisiga uchrabdi. Tepa jag‘ tishlariga javohir qoplatibdi, pastki jag‘lariga platina qo‘ydiribdi.– Endi nima qilay? – so‘rabdi shifokor.– Signalizatsiya qo‘yasan-da, – debdi yangi boy.Metinbekning bu latifasiga do‘stlari ichaklari uzilguday bo‘lib kulishdi.Kechagina mana shunaqa yangi boylar davomi…

Isajon Sulton. Uzuk (hikoya)

(Shoir A’zam O‘ktam xotirasiga) “Hikoya yozish osonmi, qiyinmi?” To‘g‘risini aytsam, haligacha shu savolga jo‘yaliroq javob bera olmayman. Mana, bir necha kundirki, tug‘ilgan kunida qizimga sovg‘a qilganim uzuk xayolimdan ketmaydi. Ingichka, nozik, ko‘kish-yashil toshchali ziynat uni quvontirdi, sof nigohida sevinch porlab davomi…

Isajon Sulton. Mening gulim (hikoya)

Erta bahor edi. Ko‘ngil bog‘imdan bir nihol unib chiqdi. Namxush, qoramtir tuproqdan ipdaygina bo‘lib osmonga – bulutlar diyoriga bo‘y cho‘zmoqqa chog‘langan bu jajji jonga avval-boshda ko‘p e’tibor qilganim yo‘q. Bog‘ katta, gullar ko‘p, shu ojiz vujudning yonginasida karnaygul tarvaqaylagan, uning naryog‘ida yoshli davomi…

Isajon Sulton. Bo‘ri (hikoya)

(Ma’rufjonga) Bolam, qishning izg‘irinli kechalarida kimsasiz dalalarda gala-gala bo‘lib izg‘igan daydi itlarni bo‘ri deb o‘ylaganingni gapirib berding-a? Ha, dala-tuzning tuprog‘u kesaklarini ham muzlatadigan sovuqlarda kuchuklar o‘shanaqa to‘planib olishadi. Ammo sen ko‘rganing oddiy gala xolos-da. Istasang, senga bo‘ri haqida gapirib beraqolay. davomi…