Azim Suyun. Sahro o‘rtasida to‘ntarilib yotgan toshbaqa (hikoya)

O‘rtaliq Osiyo cho‘l-sahrolariga ko‘klam kirib keldi. Oftob tig‘lanib, cheksiz kengliklar iliq nurlardan taft ola boshladi. Namiqqan qumlar yaltirab, oralaridan yashil o‘tlar, maysalar, qiyoqlaru giyohlar nimalardandir hayiqqansimon bo‘y ko‘rsatishga tushdi. Ular vaqtma-vaqt, kunba-kun tetiklashib, yashillanishga kirishdi. Inja nozik ismsiz chechaklar epkinlar davomi…

Xurshid Do‘stmuhammad. O‘n soniya (hikoya)

Hademay osmonga qarata o‘q uziladi. Dastlabki to‘rt qatorda yigitlar, keyingi yonma-yon to‘rt yo‘lakda qizlar safga tizilishgan. Bellashuv oson ko‘chmasligi muqarrar. G‘oliblarga hozirlab qo‘yilgan sovg‘a-salomlarning cho‘g‘i har safargidan anchagina balandligi raqobat shiddatiga moy sepishi tayin. K. badani, qo‘l-oyog‘ini qizdirish, undan-da muhimi, davomi…

Manzura Abdullayeva. Beshik (hikoya)

– Ismatvoy, ho-y-y Ismatvoy! Subhi azon ko‘cha tomondan kelgan chaqiriq beshiksoz ustaga odatdagidek yoqimli eshitilmadi. Shoshib ovoz berish o‘rniga uy ichidagi divanda biqinib yotganicha boshidan choyshabni sidirib, ko‘zlarini arang-arang ochdi. Chuqur “uf”ladi. Yuragi siqildi. Yana yuzlarini yopib, yonboshiga ag‘darildi. Aksiga davomi…

Bahodir Qobul. Tanovor (hikoya)

1-daftar Issiq-sovuqning damini, to‘rtta yomg‘irning namini, bir parcha bulutning g‘amini ko‘tarolmay, bo‘lar-bo‘lmasga hovliqib, hishmalanib, og‘zi ko‘pirib keladigan dovdir sel Aymoq qal’asida Makedoniya podshosi Faylakusning o‘g‘li Iskandardan qolgan manjaniqning butini ayirib qo‘yniga solgandayam, Chingizxon Sartyuzi qo‘rg‘oniga uzunasiga ekib ketgan uchi ayri davomi…

O‘ktam Hakimali. Mudhish olov (hikoya)

Olam bugun xazon rangida tovlanardi. Daraxtlarning pastki shoxlari yaproqlarini to‘kib ulgurgan, yuqori qismidagi yaproqlar esa chirt-chirt uzilib, og‘ir havoni hadeganda yorib o‘tolmay lipillab sarg‘ayib so‘lgan o‘t-o‘lanlar ustiga asta qo‘nadi. Sarg‘ayib so‘lgan o‘t-o‘lanlar va tinimsiz to‘kilayotgan xazonlar tabiatning to‘rt faslidan iborat davomi…