Raul Mirhaydarov. Chig‘atoy, 2-tupik (hikoya)

Buzaveradilar, quraveradilar… Buzaveradilar, quraveradilar… Odamlar eskisini buzib, yangisini qurishdan charchamas, bu ba’zan to‘xtamaydigan ishdek tuyulardi. Shahardagi ko‘hna – ming yilgi ilon izi ko‘chalar. Egri-bugri, tuprog‘i ko‘pchib yotgan ensiz va boshi berk muyulishlar birin-sirin yo‘qolib borardi: xuddi shuningdek, baland paxsali ichki-tashqi davomi…