Erkin Norsafar. Ko‘zgu (hikoya)

“…He-he, – deya to‘ng‘illadi chol, – yoqadimi emish! Yoqadiyam, yoqmaydiyam. Ayoling xo‘p xushbichim-u, ammo jonsiz. Siz, musavvirlar, odam a’zolarini anatomiya qonunlariga muvofiq qo‘yib chizsak bas, deb hisoblaysiz. So‘ng bu shakl-shamoyilni palitrada tap-tayyor turgan tana rangidagi bo‘yoq bilan bo‘yashga tutinarkansiz, bir davomi…

Hamid Alp. Xapamat (hikoya)

Rang-barang mayda munchoqlardan o‘tovning qo‘r va tizmalariga o‘xshash gul va naqshlar solib to‘qilgan kashtali taqinchoq XAPAMAT deb atalardi. Qasaba, setira, latiba, baldoq kabi o‘zbek ayollarining qadimiy bezaklaridan biri. Janubiy viloyatlarda yashovchi qo‘ng‘irot momolari uni hali-hamon selpillatib ko‘kraklariga taqib yurishadi. Lekin davomi…

Xurshida Abdullayeva. Ishq ertagi (hikoya)

1 Kuzning ilk yomg‘iri yog‘ayapti, ko‘chalarda harakat tezlashgan: mashinalar oyna artgichlarini zo‘r berib ishlatgancha, ora-sira chiroqlarini yoqib-o‘chirib, manzillariga shoshilishadi, piyoda yo‘lovchilardan birovi pana joy qidirgan, kimdir avtobusga qo‘l ko‘taradi. Qo‘llarida soyabon tutib, yomg‘irpo‘shlariga o‘ral­gan odamlarga har qadamida urilib-turtinganicha borayotgan yigit davomi…

Shodmon Otabek. Arosat (hikoya)

Kechki taomdan keyin Ma’suma qaynonasining gapirish uchun og‘iz juftlaganini sezib, sergaklandi. O‘g‘li Farrux televizordan ko‘z uzmas edi.– Bolam, shu dang‘ir-dung‘uringni birpas o‘chirib turgin, maslahatlashiladigan gap bor, – dedi kampir nevarasiga qarab.Farrux istar-istamas turib televizorni o‘chirdi. So‘ng «Nima deysiz?» degandek kampirga davomi…

Ma’ruf Mengli. Tush (hikoya)

Nomigagina kulish, faqat kimgadir yoqish uchun xushomad qilish daxshatning o‘zginasi. Ammo o‘ylab ko‘rsam bu hol hozir odat tusiga kirganday. Shirin muomala tabassumdan boshlanadimi?!… Nahotki?… Senga qarab yolg‘on kulib turishsa, buni “shirin muomala”ning boshlanishi deyish mumkinmi?! Men ahmoq ham, lapashang ham davomi…

Ma’ruf Mengli. Hikoya

Derazamning xira oynasidan mo‘ralayotgan quyosh, xonam havosida suzayotgan chang zarralari, ayniqsa shiftdagi chiroqning atrofiga in qurgan o‘rgimchak to‘ri naqadar yoqimsiz – hammasini ko‘zdan yo‘qotish kerak. …Xuddi o‘zimni o‘zim tinglayotgandayman. Tinglayapman-u hechkim gapirmaydi. Lekin aniq-tiniq eshityapman. Shubham yo‘q, bir nimalar deb davomi…

Ma’ruf Mengli. Kim (hikoya)

Ongimdagi poyonsiz zulumot, dahshatli hayqiriqlar va oniy lahzalardagi harakatlarni ham sezayotgan – men! Ildamlashga ikkilanaman… Miyamga bir zumda in qurgan o‘yga e’tibor qilmay o‘zim uchun maqbul yo‘l izlayman. Agar bu chek-chegarasiz zulmat o‘z domiga tortib meni mahf qilsa-chi? Qo‘rquvga taslim davomi…

Farrux Jabborov. Olam bus-butun… (hikoya)

Osmonning tagi teshildi: yomg‘ir yog‘di, shovva yog‘­di. Chelaklab quydi, deganlari ham buncha bo‘lmas-ov. Juzumko‘z momo ayvonga chiqib, ustunga suyangancha kunbotarga ko‘z tikdi. Oq ro‘moli sirg‘alib boshidan tushdi, ko‘k ro‘molining chetidan oppoq sochlari ko‘rinib qoldi. Ko‘zlari mo‘lt-mo‘lt etdi, ikki tomchi yosh davomi…