Abdulla Ahmad. To‘y kimniki? (hajviya)

Maslahat yaxshi-da. Nega deysizmi? Obbo, o‘jar odamga o‘xshaysiz-ku! Axir, maslahat xom ishni pishitadi. Kami-ko‘stni to‘ldiradi. Gapning o‘g‘il bolasini aytaymi? Hech kim lo‘nda qilib maslahat berishda To‘zg‘anboyning oldiga tusholmaydi. U shundog‘am foydali maslahatlar beradiki, bitmagan ishingiz bitganday, taqa-taq to‘xtagan yumushingiz yurishganday, davomi…

Salomat Vafo. Devor (hikoya)

Ilk kelgan mahalim, bu yer ko‘zimga xuddi operatsiya xonasiga o‘xshab ko‘rinardi, dardim bir oz aridi shekilli, keyinchalik ko‘zim o‘rganib ketdi. Ammo palatadagi hamxonam sal g‘alatiroq chiqib qoldi: rangpar, ozg‘in, jonsarak, bir qarashda, odamda qarama-qarshi tuyg‘ular uyg‘otadi, jirkanishmi, rahmdillikmi?.. Aslida, bu davomi…

Maqsud Qoriyev. Akam qissasi

Yozuvchi Maqsud Qoriyevning akasi haqida yozgan esdaliklarini o‘qib chiqdim. Hayotiy va o‘qishli qissa bo‘libdi. Eng muhimi, bu yerda ortiqcha, yolg‘ondakami to‘qima gaplar yo‘q. O‘sha og‘ir, fojiali urush yillaridagi odamlar qismati soddagina qilib chizib berilgan. Siz esdaliklarni o‘qiy boshlaysizu, voqealar ketidan davomi…

Muhammad Ochil. Qari bilganni… (hajviya)

Chori cho‘ponning og‘zi qulog‘ida. Axir nega xursand bo‘lmasin? Bu yilgi bahorning nash’u navosi o‘zgacha bo‘layapti-da! Ko‘m-ko‘k qirlarga qarab ko‘zing to‘ymaydi. Ishqilib qurg‘oqchilikdan asrasin, yil yaxshi kelsa… Ana havoda yoqimli hidlar, osmonda to‘rg‘aylar, sayxonlikda turnalar, anovi so‘qmoq yo‘lda esa…Mashina signalidan cho‘pon davomi…

Muhammad Ochil. To‘ydirdi (hajviya)

Meylinor bitiruv imtixonlarini deyarli hammasini qiynalib topshirdi-yu, faqat shu tarix faniga qolganda…— Ehtiyot bo‘l! — dedi dugonalaridan biri uni ogohlantirib — Bu burunboy domla o‘ta uxajyor! Ayniqsa, senga o‘xshagan chiroyli qizlarni ko‘rsa…Dugonasining aytgani keldi. Burunboy domla tixirlik qilib turib oldi.— davomi…

Said Anvar. Kuyov kerak emasmi? (hajviya)

Bozorning nimasi yaxshi? Istagan narsani sotishingiz mumkin. “Yaxshi olma! Yeb qo‘ymasangiz bahorgacha turadi”, deb maqtovini keltirsangiz, bas. Yoki “Zo‘r oshqovoq. Qaynatib, dimlab, qovurib yesangiz sarg‘ayib, sarg‘aytirib yuraverasiz!” deya ovozga zo‘r bersangiz chirigan molingizni ham sotib yuborasiz. “Eshaklarning eshagi! Go‘shti odamlar davomi…

Normurod Norqobilov. Yong‘in (hikoya)

Tanasiga chirmashgan olovdan poyasi kuygan azim boboterak uzumzor ustiga gursillab qularkan, yig‘ilganlar nazarida olamni jahannam otashi quchganday bo‘ldi. Yiqilgan daraxtdan chortarafga sochilgan cho‘g‘u alanga nafaqat zaminni, balki osmonu falakni ham kuydirib yuboradigandek edi.Olovning shashti baland edi.Uning taftiga chidayolmay chet-chetga qochgan davomi…