Adham Damin. Bizda ham g‘urur bor (hajviya)

Kechasi uyga shirakayf kirib kelganimda uyqusiragan ko‘zlarini ishqalab, «Namuncha» deya xushlamay eshik ochgan xotinimni ko‘rgach, vaqt allamahal bo‘lib qolganini payqagandek bo‘ldim. «Ovqatni isitaymi?» degani qulog‘imga dag‘al eshitildi. «Emayman!» dedim keskin. Qorin och bo‘lsa-da, bizda ham g‘urur bor.Xotinim xo‘mrayganicha yotoqqa kirib davomi…

Farhod Musajonov. Ibrat (hikoya)

Kun ayni qiyomiga yetgan, havo yonmoqda.Bozordan qaytayotgan er-xotin o‘z ko‘chalariga yetganlarida dam olish uchun qo‘shni hovlilardan biri oldidagi yog‘och kursiga cho‘kdilar.— Bositxon baraka topsin, eshigining tagini gulzor qilib qo‘ydi, bizning kabi toliqqanlar o‘tirib nafas rostlaydi, — dedi er. Ayol bosh davomi…

Mehriniso Qurbonova. Dunyo go‘zal (hikoya)

Bahorning ilk kunlari edi. Atrofdan pushtirang, oppoq bo‘lib gullagan daraxtlarning muattar hidlari taralib turardi. Har kuni ikki tomoni chinor, akatsiya daraxtlari soya tashlagan yo‘lakdan yurib ishga ketaman. Boshqa yaqin yo‘llardan o‘tib borishim, vaqtimni biroz bo‘lsa-da tejashim mumkin. Ammo aynan men davomi…

Mahbuba Xolova. O‘zim aylanay (hajviya)

Shu ayrim xotinlarga hayronman-da… Bitta erkakning ko‘nglini topisholmaydi. Eri ko‘rindi deguncha dag‘-dag‘ titrashadi. Erkak degani, asli yosh boladay gap-da. O‘zim aylanay, deb, ikki og‘iz shirin gapirsangiz, choyga solingan qandday erib ketadi.Toleimdan aylanay, o‘zimning erginam ajoyib-da. Qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan… Birovning davomi…

Ilhom Zoyir. Qizilishton (hajviya)

Derazadan tushib turgan quyosh nuri kesak qisgan qovundek cho‘zinchoq boshni yaltiratib, xonani yanada nurafshon qilib turardi. Derazaga qarama-qarshi o‘tirgan bo‘lim mudiri Karom Salomov eshikning amirkon etikdek «g‘arch» etgan tovushidan xayoli bo‘lindi. Eshikdan mo‘ralagan kishining chehrasi tanish bo‘lsa kerak, yaltiroq boshini davomi…