Abdul Rashid. Ishonch qo‘ng‘irog‘i (hikoya)

Hamma narsa avtobus bekatidagi ustunlardan biriga yelim bilan yopishtirilgan kaftdek qog‘ozga bitilgan e’londan boshlandi. * * * Qo‘ng‘iroqning baland, shiddatli ovozi sukunatni parchalab, xonani to‘ldirib yubordi. Navbatchi hushyor tortib, darhol go‘shakni oldi, o‘z harbiy darajasi, ismi sharifini aytib, “Ishonch qo‘ng‘irog‘i” davomi…

Mehriniso Qurbonova. Muhabbat dorisi (hajviya)

Dorixonaga o‘ttiz yoshni qoralagan, barvasta, yuz-ko‘zlarida, ochiqrog‘i, butun avzoyida karaxtlik, uyqusizlik alomatlari yaqqol sezilib turgan bir yigit kirib keldi.— Xo‘sh, xizmat? — dedi dori sotuvchi ayol.— Iltimosimni rad etmang. Menga oyog‘imni tinchgina uzatib o‘lishim uchun biron dori bersangiz. Qiynalmasdan jon davomi…

Alijon Zohidiy. To‘ydan keyingi tomosha (hajviya)

Tungi navbatchilikdan keyin ishdan horib-charchab kelsam, xotinim qo‘limga telegramma tutqazdi.“Ikki kundan keyin to‘y, — deyilibdi unda. — Tutingan o‘g‘lingizni uylantirayapmiz. Siz kelmasangiz bizga tatimaydi. Kamoli ehtirom bilan falonchi.”Telegrammani o‘qib o‘ylanib qoldim. Keyin falonchining kimligi esimga tushib ketdi. Bundan o‘n yilcha davomi…

Zoyir Ziyotov. Uylaning (hajviya)

Anchadan buyon taniqli qiziqchi Xudoyberdi Ziyotovdan xabar ololmay yurib, bir kuni ataylab qidirib bordim. Borsam uyida nevaralaridan boshqa hech kim yo‘q.— Katta otamiz kurortga ketgan, — deyishdi ular.Yo tavba, deb o‘yladim, bu yangilik-ku, bir umr cho‘ponlik qilib yurib, bor-yo‘g‘i qistov davomi…

Erkin Samandar. Jazo (hikoya)

Go‘yo Enaxon ayani katga kimdir mixlab tashlagan. O‘rnidan turishi uyoqda tursin, yonboshiga ag‘darilishi amrimahol. Mana, hozir u o‘ng tomoniga o‘girilmoqchi, chunki chalqancha yotaverishdan yelka va bellari tarashaday qotib qolgan. Lekin o‘sha “mix” qo‘yib yubormayapti. Qanday bo‘lmasin, u yonboshlab yotishi kerak, davomi…

Nurali Qobul. Kechagi kun (hikoya)

Yillarga cho‘zilgan tanaffucdan so‘ng biz bog‘ hovlidagi durkun o‘rik daraxti soyasida suhbatlashib o‘tirar edik. Har ikkimizning so‘z ohangimiz va yuz qiyofamizdan bu ko‘rishuvdan mamnunlik hissi aks etib turardi. — Biz ham ikki yumalab tijoratchi bo‘lib qoldik, aka, — dedi Tolibjon davomi…