To‘lqin Eshbek. Ostonaqul buvaning daftari (hikoya)

Hammasi Taisa degan ayolning «yoz-yoz»idan boshlandi. Birinchi qavatdagi Ostonaqul buvaning «boyliklari» orasidan sichqonlar chiqayotgan emish. Hatto to‘qqizinchi qavatdagilarning ham tinchini buzayotganmish…— Ishonmasayiz, uyimga chiqingiz, bir ko‘ringiz, — dedi ayol ko‘kish ko‘zlarini javdiratgancha. — Tun bo‘yi «chiy-chiy»idan jonim hiqildog‘imga keladir. Sanepidstantsiyaga davomi…

Nurmamat Almurodov. Odamning xo‘rozi (hajviya)

Bugun Ravshan aka Hazratqulovning shirkatlar uyushmasiga rais etib tayinlanganiga roppa-rosa ikki hafta bo‘ladi. Birovni tanisa, birovni hali yaxshi tanimaydi. Ishni nimadan boshlashni bilmay xonasida xayol surib o‘tiribdi. Nogahon telefon jiringlab qoldi. Go‘shakni olib, o‘ng qulog‘iga tutdi.— Allo, yaxshimisiz. Men viloyat davomi…

Nurmamat Almurodov. Kalta ishton (hajviya)

Yakshanba kuni Tojiboy bilan Qirmizigul o‘zlarining “Neksiya”sida Chuqursoy ko‘liga otlanishdi. Ular bu kunni uzoq kutishgan edi. Ayniqsa, Qirmizigul eri cho‘milishdan gap ochdi deguncha, yuragida shubha-gumonga o‘xshash tuyg‘u g‘imirlab, o‘zini qo‘ygani joy topolmas edi. Endi bariga nuqta qo‘yadi. Qani ko‘rsin-chi, erining davomi…

Tilavoldi Jo‘rayev. Deraza ortida (hikoya)

“Xayriyat, akang bor, bolam…” Onaning vidolashuv so‘ngso‘zidan. U o‘z joyida, choqqina xonasining derazasi oldida tashqariga boqqancha o‘tiribdi. Miq etmaydi. Miq etish qayoqda, tishsizlikdan qapishgan lablarini qimirlatishga majoli yo‘q. Tishlar ketgach, cho‘zinchoq jag‘i burniga yaqinlashib qolgan. Bujmaygan yuzini na to‘rtburchak, na davomi…

Erkin Usmon. Bo‘ri bolasi (hikoya)

Emaklaydi bo‘ri jim-jit, O‘ljaga intiq…Usmon AZIM Yakkaqoyalik Sulaymon ovchi haqida eshitgandi-mu, o‘zini ko‘rmagandim. Yaqinda tasodifan uchratib qoldim.Laboratoriyamiz mudiri, professor Qurbonovning safardan qaytganini eshitib, uyiga o‘tgan kunim edi. Mashinamni yo‘l chekkasiga qo‘yib, yo‘lakka kirdimu, shu tarafga kelayotgan ikki kishini ko‘rib to‘xtadim. davomi…

Alijon Zohidiy. Tez yordam (hajviya)

— To‘g‘risini aytsam, — dedi Adham ikkinchi shisha bo‘shaganidan keyin qulfi dili biroz ochilib. — Asli o‘zi do‘xtirman, Tibbiyot institutini tugatganman. Tez yordam sohasida oz-moz ishlaganman ham. Uning bu gapidan G‘ijduvonning barkashidek katta va silliq basharasiga, ayiqdek serjun va bahaybat davomi…