Xayrullo. Qa’rim (hikoya)

«…tortanak alfoz yashayveribmiz» Baxtiyorga Bahaybat bo‘shliqdan — istakning quturgan bo‘ronlarida oqqanicha bino bo‘lgandi bahaybat bo‘shliq… Shaklga solingan, Qahr, Mehr, Dard, Quvonch shaklli shamollar esardi unda… Ular usta edilar. Hushtak yasashardi shamollar, men o‘sha hushtaklarning bittasi — nomsiz shaklligi edim.U siyohrang davomi…

Xudoyberdi To‘xtaboyev. «Fermer qizga tosh otmang» (drama)

Shokalonning shohona qurilgan hovlisi. Ayvonda Shokalon bilan xotini Shahriniso atlas to‘shaklarga, par yostiqlarga yaslanishib suhbatlashyapti. Nariroqdagi baland tushgan ravonda o‘g‘li Shoumar uch-to‘rt tengqurlari bilan qarta o‘ynayapti. Xizmatkor ayol er-xotin oldiga so‘yilgan qovun olib kiradi.Ayol – Men endi ketaveraymi?Shahriniso – Yigitlarga davomi…

Aziz Norqulov. Aybsiz xotinning «aybi» (hajviya)

Qishloq odamlarining samimiyligi, soddaligidan ko‘ngling yayraydi. Turli-tuman hangomalarni o‘zlaridan eshitsangiz, «ichagingiz uzilishi» tayin. Tildan-tilga ko‘chib yuradigan bu latifnamo gaplardan sizlarni ham bahramand qilgim keldi. Ukasi bilan qattiq janjallashib qolgan Rashid buvaning achchig‘i chiqdi. — Ha, senimi, melisaga berib rosa yugurtirmasam, davomi…

Muhabbat Hamidova. Odamning o‘rni (hikoya)

Chol qishloq chekkasidagi chog‘roqqina hovlida yolg‘iz kampiri bilan yashardi. Buvimning aytishicha, ular qishlog‘imizga “musofir” ekan. Lekin qachon va qayerdan kelib qolishgani hanuzgacha menga qorong‘u. Har holda, esimni taniganimdan buyon ular shu yerda edi. Tundligidanmi yoki to‘y-hashamlarga kam aralashganidanmi, chol odamlar davomi…

Ilhom Zoyir. Ikki hajviya

Mehmonlarni korxona tsexlari bilan tanishtirayotgan Sotti Suvonovichning qavatida pildirab yurgan o‘rinbosari Halimjon hovliqqancha xo‘jalik ishlari mudiri Turdiqulni bir chekkaga tortdi.— Turdiqul, tezda bir parcha latta top! — dedi tipirchilab.— Latta?! Qanaqa latta? — dedi Turdiqul peshanasi tirishib.— Oyoq, e, botinka davomi…

Abdul Hamid. Noo‘rin va’da (hajviya)

Mish-mish tarqaldi. Husanboy ba’zi hamkasblari bilan gaplashmay qo‘yganmish. Eng qizig‘i, o‘sha “ba’zi”lar uning ulfatlarimish. Qizig‘i, Husanboy ular bilan urishmagan, so‘kishmagan, bor-yo‘g‘i choyxonada birga o‘tirgan-u…Bu gaplar, odatdagidek, to‘ppa-to‘g‘ri Sunnat Azlarovichning qulog‘iga yetib keldi. U jamoa inoqligi uchun qattiq jon kuydirguvchi odam davomi…

Abdug‘ani Abduvaliyev. G‘aroyib haykal (hajviya)

U onasining qornidanoq tagli-tugli bo‘lib tug‘ildi. Uni «puf-puf»lab boqishdi, tetapoya bo‘lib qad rostlagach, xuddi haykalchadek bog‘chaga olib borib o‘rnatishdi. — Poydevori bormi? — dedi bog‘cha mudirasi Haykalchaning uyoq-buyog‘ini siypalab. — O, bo‘lganda qandoq! Falonchiyevning bolalari bo‘ladi-ya! — deyishdi savolga javoban. davomi…

Said Anvar. Ota ekkan daraxt (hikoya)

Q. E.ga.Qurbon akani yaxshi bilmayman. Ko‘pchilik do‘stlarim ham deyarli shu fikrda. Bilganim, ko‘rishganda «Darsingni qildingmi?» deb so‘raydi. Bu uning «bola-chaqang tinchmi, ishlaring yaxshimi, kechagi ishlaring bitdimi», degani. Xayrlashayotib ham, bo‘pti yaxshi bor, sog‘u salomat bo‘l, demaydi. «Darsingni qil!» deydi. Yana davomi…

Muxtorali Nosirov. «F.I.Sh.» nima? (hajviya)

Yaqinda ish bilan kattagina muassasaga kirgandim, to‘ldirish uchun qo‘limga qog‘oz (“blanka”) tutqazishdi. “Xayriyat, o‘zbekcha ekan!” deb xursand bo‘lib ko‘z tashladi-mu hafsalam pir bo‘ldi. Boshlanishidayoq katta-katta harflar bilan “F.I.Sh”. deb yozib qo‘yishibdi.“Fish” nima? — so‘radim “blanka” bergan xodimdan.“Fish” emas, “F.I.Sh.”, — davomi…