Muyassar Tilovova. Jilovsiz asov (hikoya)

Er andak silkindi. Tog‘u toshlar gumburladi. Galadagi otlar dovdirab, o‘zlarini qayoqqa urishini bilmay qolishdi. Galaboshi ularni tinchlantirishga harchand urinmasin, baytallar kishnab, turli tomonga tirqiradi. Onalarining bu ajabtovur harakatlariga tushunmagan yangi tug‘ilgan qulunlar atrofga hayron olayishardi. Ko‘z ochib yumguncha bo‘lib o‘tgan davomi…

Muyassar Tilovova. To‘g‘on (hikoya)

Ikki kundan beri shivalab turgan yomg‘ir tun yarimga borganda jalaga aylandi. Momaqaldiroq osmon gumbazini yorib yuborguday gumburlar, tez-tez chaqnayotgan chaqmoq yorug‘ida qishloqning past-baland tepaliklaridagi uylari ko‘rinib ketadi. Suv tarnovdan chelaklab tushar, sharros quyayotgan jala tomlar tunukasini doira qilib chaladi.– Yomg‘ir davomi…

Gulruh Yormatova. Ofat (hikoya)

Kech kuz o‘zining sarg‘ish etaklarini tog‘ yon-bag‘irlaridan butkul yig‘ib ulgurmay kun sayin qo‘li baland kelayotgan qish birdan quturib ketdi. Hali qilichining damini ko‘rsatishga fursati yetsa-da, keksa tog‘larga vajohatini ko‘rsatib qo‘ymoqchidek shamol va bo‘ron aralash ularning viqorli boshlari uzra qor purkay davomi…

Gulruh Yormatova. Tuman ortidagi manzillar (hikoya)

Ayol hovli adog‘idagi omborga kirdi-da nima qilsamikin, degandek uzun-uzun yog‘och xodalar ustiga pala-partish taxlab tashlangan biri yarimroq, biri to‘laroq qoplarga alangladi. So‘ng qidirganini topdi shekilli, bo‘g‘ziga ola-bula ip bog‘langan qopni inqillab-sinqillab pastga tushirdi. Qop tuproq yerga gup etib tushdi-yu, hammayoq davomi…

Bahodir Qobul. Ena shamol (qissa)

IQROR O‘zi uch martagina o‘g‘rilik qilganman. Bir marta yolg‘on gapirganman… Opani-aya, opachani-opa, yungni-jun, qaroni-qora, kasratkini-buqalamun, ko‘nani-ko‘hna deb yozolmayman. Xat-savodim yaxshi. Eroni qishloqlik Isroil muallim o‘rgatgan. Kitobdagiga o‘xshatib yozaman desam, boriyam esimdan chiqib, chalkashib ketadi. Ko‘kayda bo‘lak, yozig‘da bo‘lak bo‘layapti. Keyin davomi…

Bahodir Qobul. Ota chiroq (hikoya)

1.    KUL BOSGAN XAYoLLAR Bir vaqtlar, tong ertasi shamolning hurillab kelishini xush ko‘rar, ko‘ksiga tegsa gurillardi. Bo‘ron bilan ermakka olishib, kifti o‘ng kelgan chog‘lar ko‘tarib urardi. Hozir yo‘lini hovliqib kesib o‘tgan bodi havodan o‘zini zo‘rg‘a chetga oldi. Shundoq ham nafasi davomi…

Uyg‘un Ro‘ziyev. Salom, yangi do‘st (hikoya)

So‘nggi qo‘ng‘iroq sadosi yangradi-yu, hamma o‘quvchilar birvarakayiga qiyqirishdi. Hatto qo‘ng‘iroq jarangini ham ana shu qiyqiriq bosib ketdi. Ayniqsa, bitiruvchilarning shodliklari ichiga sig‘masdi, Kimdir sho‘x-xandon kulgan, kimdir sog‘inch hissini hozirdanoq tuyib ko‘z-yosh qilgan, hali ustozlariga guldastalar tutishadi, hali zavqlanib chapak chalishadi… davomi…