Ne’mat Arslon. Soyada uxlayotgan tole’ (hikoya)

“Tole’im sandal yog‘och,eksa ko‘karmas poyasi”(Rahmatli momomning charx yigiribaytadigan qo‘shiqlaridan). I Patrot topgan ro‘zg‘orini o‘nglab olishga bo‘lgan uzoq urinishlar Beshimni batamom toliqtirdi. Nihoyasizlik charchatdi uni. Qaysi ishga qo‘l urmasin, mehnatning so‘ngi ko‘rinmas, eng yomoni qo‘l urgan ishi xunuk oqibatlarga olib kelardi. davomi…

Malika Boyxon. Tekin dori (hajviya)

Voy, nimalar deyapsiz, ovsinjon. O‘lar bo‘lsam o‘lib bo‘ldim-ku. E-e-e, sizda nima tashvish, uyingiz boshqa, joyingiz boshqa. Keling, mundoq o‘tiring, hammasini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rasiz. Yaxshi ko‘rinsin, deb divanni shu yerga joylashtirganman. Ana, ana keldilar bizning qarib quyulmagan qaynotamiz. Naq Majnun davomi…

Abdusattor Hotamov. Qush uyasi (hikoya)

Anvar yotoqxonaga qadam bosib, kiyimini almashtirarkan, ko‘ngli g‘ashlandi. Yuragiga qorong‘ilik bostirib kirib, jonsizdek o‘zini divanga tashladi. Atrofga ma’nosiz boqdi. Karavotning oyog‘ida xotinining selon xalati taxlog‘liq. To‘rtta yostiq ikkitadan qilinib, karavot boshiga qo‘yilibdi. Zulayho yostiqlarning bir uchini puchuq qilib turg‘izib, ustiga davomi…

Nazar Eshonqul. Sibizg‘a volasi (mif-hikoya)

Qamishlar shovuriga quloq tut! Go‘yo o‘z qilmishlarini quyoshdan yashirmoqchiday qalqonlari bilan yuzlarini oftobdan to‘sgancha nayzalarini quyosh nurida yaltillatib, shaharning tosh ko‘chalarini xuddi nog‘ora chalishayotganday bir maromda harbiychasiga to‘qillatgancha erinchoqlik bilan kelayotgan uchta soqchi va oqsoq darbon allazamonlardan beri saroy uchun davomi…

Istam Hamroyev. Tazarru (qissa)

Marhum G‘afforqulning to‘rt yildan beri Toshkentda o‘qiyotgan o‘g‘li Akmal katta bir tanlovda g‘olib chiqib, Angliyada magistraturada bepul o‘qish yo‘llanmasini qo‘lga kiritibdi. O‘qishga borishi hali gumon, chunki o‘qish bepul bo‘lgani bilan uch-to‘rt kun ichida yo‘lkira va boshqa ancha-muncha xarajatlar uchun naqd davomi…

Tursunboy Boymirov. Mirzoqul (hikoya)

Kayfiyati ertalabdan buzildi. Nonushta payti xotini yetishmovchiliklardan gap ochib qoldi. Yana qand-qurs, guruch, yog‘, bolalar uchun ul-bul… Picha ko‘z yoshi… Ayollarning ta’bi shunday: baland keladi, past bo‘ladi, keyin esa ro‘zg‘orning ishlariga ko‘milib, ko‘ngil g‘uborlari bahorning ko‘chmanchi bulutlariday tarqab ketadi.– Bolalarning davomi…