Shoyim Bo‘tayev. Qarz (hikoya)

Talaba yozgi ta’tilga chiqqach, tug‘ilgan qishlog‘iga jo‘namoqchi bo‘ldi.Uning qishlog‘i tog‘ etagida. Shahar do‘konlariga bir-bir kirib, katta boyvachchalardek ko‘ziga ko‘ringan narsalarning narx-navosini so‘rab-surishtirdi, ammo hech narsa xarid qilmadi. U oladiganini qishloq do‘konidan olishni o‘yladi. Shunisi ma’qul ekan. Qishlog‘iga mo‘ljalidan yarim soat davomi…

To‘lqin Hayit. Saboq (hikoya)

Katta-kichik archalar orasidan qorli cho‘qqilar ko‘zga tashlanadi. Tik kelgan quyosh oppoqqorlarni kumushday yarqiratadi. Oynadek silliq muzlar yorig‘idan oqayotgan zilol suv shildiraydi. Adir bag‘ridagi qizil, ko‘k va yashil tunuka tomli uylar mo‘rilaridan chiqayotgan tutun ko‘kka o‘rlaydi.Tog‘da o‘q tovushi eshitilib, aks-sado beradi. davomi…

Mahmud Rajab. Saragul (hikoya)

Qishloqning erkasi, odamlarning ermagi bo‘lib qolgan Mo‘mmitoy maktabga borganida bu yil beshinchi sinfda o‘qib yurgan bo‘lardi. Tengqurlari orasida xiyla gavdali bo‘lganidan uni ko‘rgan odam oltinchi yo yettinchi sinf o‘quvchisi deb o‘ylashi shubhasiz. Lekin hamma uni besh-olti yashar bola o‘rnida ko‘rardi. davomi…

Olimjon Xoldor. Tushunish (hikoya)

Professor Mavlaviy unga termulib qoldi. Nima uchundir ko‘zoynagini olib, shishalarini dastro‘molchasi bilan artgan bo‘ldi va qaytadan taqdi. “Hm”, deya o‘rnidan turdi-da, xona bo‘ylab u yoqdan-bu yoqqa yura boshladi. Aftidan u shogirdidan bunday takallufsizlikni kutmagan, bu unga o‘ta hurmatsizlik, shakkoklik bo‘lib davomi…

Barno Rustamova. Asir (hikoya)

Rassom alam bilan mo‘yqalamlarini sindirib tashladi. Suratlarni yirtib-yirtib derazadan uloqtirdi. Telbalarcha ko‘chaga chiqdi-yu, qayoqqadir keta boshladi. U o‘zidan o‘zi norozi bo‘lar, suratni sotgan kuniga la’nat o‘qirdi… Balki muhtoj bo‘lmaganida uni sotmasmidi. Nega endi o‘sha qizni qaytadan chizolmayapti? Nega?! Beixtiyor suratni davomi…

Abduqayum Yo‘ldosh. Biz o‘tgan yo‘llar (hikoya)

Istibdod nurayotgan, yo‘g‘on cho‘zilib, ingichka uziladigan ko‘klam payti edi.Shunday kunlarning birida O‘zbekovuldagi yagona oziq-ovqat do‘koniga “talon” bo‘yicha tarqatiladiganidan tashqari uch qop un ortiqcha olib kelingani haqidagi xabar qishloqqa yashin tezligida tarqaldi.Asta namozshom bostirib kelayotgan bo‘lishiga qaramasdan bir pasda do‘kon oldiga davomi…

Abduqayum Bekkamov. Mukofot (hajviya)

Boshliq yuzidagi tajanglik ertalabdanoq butun boshli idoraning halovatini o‘g‘irladi. Xodimlar ko‘ngliga g‘ulg‘ula tushdi. “Da-aa-aa, — deyishdi ayrim xodimlar, — xo‘jayin ertalab yangamiz bilan rosa janjallashgan ko‘rinadilar. Endi butun alamini biz bechoralardan olmoqchilar, shekilli”. Xo‘jayinning amri bilan barcha ishchi-xizmatchilar hayhotdek xonaga davomi…

Orif Hoji. Oppoqqina qushginam (hikoya)

Yolg‘iz qushni, irim qilib, otmas merganlar… Xalq dostonidan. Mustafo sevib uylandi. Harbiy xizmatdan yelkalari to‘lishib, muskullari shishib qayroqdek yigit bo‘lib qaytdiyu qishloqqizlarini birma-bir nazardan o‘tkaza boshladi. Uning lochin ko‘zlari shu yil o‘ninchini tugatgan Gulyuzda to‘xtadi. Gulyuz suluv qiz. O‘rtabo‘y. To‘lishgan davomi…