Olqor Damin (1947)

Olqor Damin 1947 yili Ishtixon tumanida tavallud topgan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. SamDUning o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. “Salom yaxshilik”, “Sabr haykali”, “Assalom, Navro‘z!”, “O‘lmas daholar”, “Afsona shahrim”, “Qirq muxammas”, “Qo‘sh irmoq”, “Quchoqlayman bahorni”, “Navo” nomli she’riy, “Muattar o‘ylar” tanlangan asarlari davomi…

Gavhar Usmonova (1970)

Gavhar Usmonova 1970 yilda Narpay tumanida tug‘ilgan. SamDUning o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. SEN – GULSAN Poyida izg‘irin gullagan, Rozini zog‘larga so‘ylagan, Xazonlar qo‘shig‘in kuylagan, Sen – gulsan! Bag‘ringga yashirib ishq yodin, Tinglamay bulbulning faryodin, Go‘zallik izlading dunyodin, Sen – gulsan! davomi…

Ramazon Ashur (1960)

Ramazon Ashur 1960 yilda Boysun tumanida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan. Ayni paytda “Afrosiyob PRESS” gazetasining mas’ul kotibi. She’rlari, maqolalari respublika matbuotlarida muntazam chop etiladi. SEVGI BEChORA Men uni avaylab, asrab yurgandim, Ne qilay, yo‘qotdim endi nachora. Tomirsiz daraxtdek titrab davomi…

Norxidir Haydar (1960)

Norxidir Haydar 1960 yilda Boysun tumanida tug‘ilgan. 1989 yilda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasini tamomlagan. “Xotira”, “Yurtim navolari”, “Umid yog‘dusi” she’riy to‘plamlari muallifi. ShOIR QISMATI Hayot haqiqatga o‘rgatsa hamki, Yurak mo‘jizaga intilar hamon. Dilda muhabbatning yengilmas kuchi Ilohiy go‘zallik izlaydi mudom. davomi…

Zafar Isomiddin (1958)

Zafar Isomiddin 1958 yilda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Qo‘qon pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan. “Hovli to‘la bolalar”, “Bog‘chaga-do‘mboqchaga”, “Istiqlol umidlari” kabi she’riy kitoblari chop etilgan. Ayni paytda Farg‘ona viloyat o‘lkashunoslik muzeyida ilmiy xodim. HOVLI Joy yetadi shaftoli, O‘rik, davomi…

Turob Niyoz (1959)

Turob Niyoz 1959 yilda Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanidagi Qoratosh qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olgan. “Muhabbat osmoni”, “Gullagan bog‘lar”, “Muhabbat gullari”, “Ochiq yurak”, “Ko‘ngilga murojaat”, “Ummon yurak” nomli she’riy kitoblar muallifi. OILANG TINCh BO‘LSA Oilang tinch bo‘lsa, davomi…

Madina Baxshilloyeva (1991)

Madina Baxshilloyeva 1991 yilda Buxoro viloyatining Romitan tumanida tug‘ilgan. “Do‘rmon-2013” seminari ishtirokchisi. Hozirda Navoiy Davlat pedagogika institutining O‘zbek filologiyasi fakulteti talabasi. * * * Ko‘ksingda osmonning guli bor, Osmonlar naqadar betakror. Ko‘ksimda ko‘nglingning izi bor, Yuragim baxtiyor… Baxtiyor! Qorlarning hidi davomi…


Maqolalar mundarijasi