Xayriddin Saloh (1934-1969)

Xayriddin Saloh (Salohiddinov Xayriddin) (1934.15.1 — Toshkent — 1969.5.6) — shoir. Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutining tarix-filologiya fakultetini tugatgan (1957). «O‘zbekiston madaniyati» (1963—66) gazetasi va «Gulxan» jurnalida (1968—69) adabiy xodim bo‘lib ishlagan. «Chashma» (1959), «Ikkinchi imtihon» (1961), «Ishqim va rashkim» davomi…

Mirza Qaynarov (1938)

Mirza Qaynarov 1938 yili tug‘ilgan. Samarqand davlat universiteti fizika-matematika fakultetini tamomlagan. Mehnat faxriysi. “Ona ruhi”, “Ko‘ngil daftari”, “Do‘st diydori”, “Otalar yurti”, “Vatannoma, ishqnoma” kabi to‘plamlar muallifi. OLAM AHLI Bori olam ahli istar tinchligu ham ofiyat Istayur oroyishu osoyishu ham ahliyat. davomi…

Amir Xudoyberdi (1961)

Amir Xudoyberdi 1961 yili Qarshi tumanidagi Shilvi (Shayx Shibliy) qishlog‘ida tavallud topgan. 1985 yilda Toshkent Davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. 1994 yildan buyon O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a’zosi. «Dunyo va men», «Javobsiz savol», «Evrilish», «Ettinchi malak», «Oydin lahzalar», «Devonalarmiz» kitoblari davomi…

Elbek Erkin (1986)

Elbek Erkin (Elbek Jumanov) 1986 yilning 21 yanvarida Qashqadaryo viloyatining Qoratepa qishlog‘ida tug‘ilgan. Qarshi Davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetini tugatgan. “Qashqadaryo”, “Hurriyat” va “Mahalla” gazetalarida ishlagan. * * * Boybo‘ri bolasiz, tug‘mas Kuntug‘mish, O‘g‘il deb, go‘rlarga topinar millat. Yo go‘rlar davomi…

G‘ulom Shomurodov (1937-2021)

G‘ulom Shomurodov 1937 yil 20 sentyabrda Jondor tumanida tug‘ilgan. Buxoro davlat pedagogika instituti (hozirgi BuxDU)ning o‘zbek filologiyasi fakultetida o‘qigan (1954–1959). Dastlab tumandagi o‘rta maktablarda ona tili va adabiyot fanidan dars bergan (1959–1967). So‘ng tuman radioeshittirishlar tahririyati muharriri (1967–1969), O‘zbekiston teleradiokompaniyasining davomi…

Xurshida (1967)

Xurshida 1967 yilda tug‘ilgan. TDPUning filologiya fakultetini tugatgan. “Aldamchi tonglar”, “Sig‘magay jismim jahonga”, “Izhor”, “Tarjima”, “Samoyinur” (saylanma) kabi she’riy to‘plamlari nashr etilgan. * * * Keldi dilga umid baxsh etib bahor, Ifor taratmoqda gulbog‘lar ajib. Ismingni eng latif so‘zlarga o‘rab, davomi…

Ahmad Xo‘ja (1952-2022)

Ahmad Xo‘ja (Ahmadjon Toshxo‘jayev) 1952 yilda tug‘ilgan. Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan. “Yulduzlar sehri”, “Saboq”, “Biz ikki dunyomiz”, “Sadoqat chashmasi”, “Sarbon va karvon”, “Saylanma” kabi kitoblari chop etilgan. 2022 yil 21 iyun kuni Toshkent shahrida vafot etgan. davomi…

Odil Og‘a (1968)

Odil og‘a (Odiljon Umarov) 1968 yilda tug‘ilgan. ToshDU (hozirgi O‘zMU) ning o‘zbek filologiyasi fakultetida o‘qigan. “Ilova” nomli she’riy to‘plami chop etilgan. Ayni paytda, Buvayda tumanidagi 9-umumta’lim maktabida o‘qituvchi. ShE’R Ko‘chaga yalang‘och chiqqan kishini “Devona” atarlar, “jinni” atarlar. Yo‘qotgan bo‘lsa kim davomi…

Farmon Toshev (1954)

Farmon Toshev 1954 yilda tug‘ilgan. Samarqand Davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetini tugatgan. “Onang tirik, bolam”, “Men yomg‘irli kunda kelaman”, “Jurnalistning noni qattiq”, “Otamning saboqlari”, “Umrning o‘rtasi”, “O‘zimdek yashashni istayman”, “Bedavo ko‘ngil”, “So‘z aytmoq saodati”, “Sog‘inch”, “Ayollar nima deydi?” kabi kitoblari davomi…


Maqolalar mundarijasi